Kuzatuvchi » Siyosiy » “MADAD” NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTINING HUQUQIY MASLAHAT BYUROLARI BILAN TANISHMISIZ?

“MADAD” NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTINING HUQUQIY MASLAHAT BYUROLARI BILAN TANISHMISIZ?

2019-yil 6-sentabrdagi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aholiga huquqiy axborotni yetkazish va yuridik yordam ko'rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 741-sonli qarori qabul qilingan bo'lib, mazkur qarorni qabul qilishdan asosiy ko'zlangan maqsad bevosita aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga doir ishlar samaradorligini yanada oshirish, jamiyatda fuqarolarning huquqiy savodxonlik darajasini oshirish, aholiga bepul yuridik yordam ko'rsatish tizimini yanada takomillashtirish hisoblanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi muassisligidagi aholiga bepul yuridik yordam koʻrsatadigan  “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti may oyida tashkil etildi.

Shuningdek, Adliya vazirligi tomonidan ADVICE.UZ  huquqiy axborot portali ham ishga tushirilgan boʻlib, “Madad” NNT uning doimiy ishlashini taʼminlaydi va takomillashtirib boradi. Biroq, mamlakatimizning barcha hududlarida  internetdan foydalanish imkoniyati mavjud emas.

Shuning uchun 2019-yil noyabr oyidan “Madad” nodavlat notijorat tashkilotining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bosqichma bosqich huquqiy maslahat byurolari yoʻlga qoʻyildi. Bu esa  elga xizmatning yanada samarali boʻlishini taʼminlamoqda. Kimdir internet orqali maslahat olshni xohlasa, kimdir yuzma yuz gapirishishni maʼqul koʻradi. Bu ikkala usul ham xalqimiz manfaatlarini himoya qilish, huquqiy savodxonligini yuksaltirish maqsadida faoliyat yurityapti

 

Fuqarolardan muntazam ravishda kelib tushayotgan savol va murojaatlar tahlil qilinib, qaysi soxada kamchiliklar mavjudligini va amaldagi qonunlarning ishlamayotgan moddalarini, qonunlarning boʻsh joylarini, mutaxassislarning diqqatini qaratish lozim boʻlgan masalalarni aniqlashtirish mumkin. Shuningdek, dolzarb savollarga chuqur eʼtibor berilsa amaldagi qonunchilikni, qonun osti hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ham tayyorlash mumkin boʻladi.

Hozirda tashkilot ikki xil usulda: «Advice.uz» («e-maslahat.uz») huquqiy axborot portali orqali aholiga onlayn rejimda hamda tuman (shahar)larda ularning huquqiy maslahat byurolari orqali bevosita bepul huquqiy maslahatlar berib kelmoqda.

Barcha huquqiy maslahatlar va tushuntirishlar mutlaqo bepul tarzda beriladi.

Ish kuni va vaqti: dushanba–juma, 9:00 dan 18:00 gacha.

 

A.DUSCHANOV,

Shovot tumani yuridik xizmat korsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

Boshqa maqolalar

INSON HUQUQLARIGA OID 10 TA ENG MUHIM KAFOLAT HAQIDA

personmaftuna 25-09-25, 22:27
0 INSON HUQUQLARIGA OID 10 TA ENG MUHIM KAFOLAT HAQIDA BILISHNI ISTAYSIZMI

Inson huquq va erkinliklari har kimga tug‘ilganidan boshlab tegishli bo‘ladi. Insonning sha’ni va qadr-qimmati...

XODIMNI MASOFADAN TURIB ISHLASHNI RASMIYLASHTIRISH

personmaftuna 25-09-24, 00:49
0 XODIMNI MASOFADAN TURIB ISHLASHNI RASMIYLASHTIRISH

Xodimni masofadan turib ishlashga qabul qilish va o‘tkazish ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. Mehnat...

MA’MURIY HUQUQBUZARLIK BO‘YICHA QABUL QILINGAN QARORGA

personmaftuna 29-09-24, 20:38
0 MA’MURIY HUQUQBUZARLIK BO‘YICHA QABUL QILINGAN QARORGA SHIKOYAT BERISH MUDDATI QISQARMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 25.12.2023-yildagi “Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va...

menu
menu