Kuzatuvchi » Siyosiy » INSON HUQUQLARIGA OID 10 TA ENG MUHIM KAFOLAT

INSON HUQUQLARIGA OID 10 TA ENG MUHIM KAFOLAT

Inson huquq va erkinliklari har kimga tug‘ilganidan boshlab tegishli bo‘ladi.

Insonning sha’ni va qadr-qimmati daxlsizdir.

Insonning huquq va erkinliklari bevosita amal qiladi hamda qonunlarning, davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari faoliyatining mohiyati va mazmunini belgilaydi. 

Hech kimga uning roziligisiz qonunchilikda belgilanmagan majburiyat yuklatilishi mumkin emas. 

Insonga nisbatan qo‘llaniladigan huquqiy ta’sir choralari mutanosiblik printsipiga asoslanishi va qonunlarda nazarda tutilgan maqsadlarga erishish uchun etarli bo‘lishi kerak. 

Har kim o‘z shaxsiga doir ma’lumotlarning himoya qilinishi huquqiga, shuningdek noto‘g‘ri ma’lumotlarning tuzatilishini, o‘zi to‘g‘risida qonunga xilof yo‘l bilan to‘plangan yoki huquqiy asoslarga ega bo‘lmay qolgan ma’lumotlarning yo‘q qilinishini talab qilish huquqiga ega.

Har kim mamlakat bo‘ylab erkin harakatlanish, turar va yashash joyini tanlash huquqiga ega.

Har kim uy-joy daxlsizligi huquqiga ega.

Har kim o‘z huquq va erkinliklarini qonunda taqiqlanmagan barcha usullar bilan himoya qilishga haqli.

Shaxsning sudlanganligi va bundan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar uning qarindoshlari huquqlarini cheklash uchun asos bo‘lishi mumkin emas.

 

K.ISMOILOV,

Shovot tumani yuridik xizmat korsatish markazi boshlig‘i.

Boshqa maqolalar

SHAXSGA DOIR MA’LUMOTLAR TO‘G‘RISIDAGI QONUNCHILIKNI BUZISH

personmaftuna 30-05-24, 01:57
0 SHAXSGA DOIR MA’LUMOTLAR TO‘G‘RISIDAGI QONUNCHILIKNI BUZISH

Shaxsga doir ma’lumotlarni qonunga xilof ravishda yig‘ish, tizimlashtirish, saqlash, o‘zgartirish, to‘ldirish, ulardan...

QAYSI HOLLARDA MUROJAAT KO‘RIB CHIQILMAYDI?

personmaftuna 30-09-24, 21:59
0 QAYSI HOLLARDA MUROJAAT KO‘RIB CHIQILMAYDI?

O'zbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida”gi Qonunining 29-moddasiga binoan...

YASHIL IQTISODIYOTGA OʻTISHDA MILLIY SHAFFOFLIK QANDAY

personmaftuna 23-06-24, 23:19
0 YASHIL IQTISODIYOTGA OʻTISHDA MILLIY SHAFFOFLIK QANDAY TA’MINLANADI?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 05.06.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasida “yashil” iqtisodiyotga oʻtishda...

menu
menu