QAYSI HOLLARDA MUROJAAT KO‘RIB CHIQILMAYDI?
O'zbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida”gi Qonunining 29-moddasiga binoan qo'yidagi murojaatlar ko'rib chiqilmasligi holatlari qayd etilgan.
anonim murojaatlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari orqali berilgan murojaatlar, ularning vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo'lmagan taqdirda;
mazkur Qonunda belgilangan boshqa talablarga muvofiq bo'lmagan murojaatlar.
Murojaatlar ko'rmay qoldirilganda tegishli xulosa tuziladi, u davlat organining, tashkilotning rahbari yoki ularning vakolat berilgan mansabdor shaxsi tomonidan tasdiqlanadi.Jismoniy va yuridik shaxs vakilining vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi sababli murojaatlar ko'rmay qoldirilganligi to'g'risida murojaat qiluvchi tegishli tartibda xabardor qilinadi.
R.AMINOV,
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
MA'MURIY HUJJATLARNI SUDGACHA KO'RIB CHIQISHNING YANGI
personmaftuna 30-09-25, 12:21Farmonga ko'ra, 2024-yil 1-iyuldan 2026-yil 1-iyulgacha huquqiy eksperiment tariqasida Toshkent shahrida qonunchilik...
VASIYLIK VA HOMIYLIK ORGANLARI QANDAY ISHLAYDI?
personmaftuna 10-02-25, 01:47Vazirlar Mahkamasining 27.12.2024-yildagi 893-son qarori bilan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan...
ALIMENT MIQDORINI KAMAYTIRISH YOKI ALIMENT TO‘LASHDAN OZOD
personmaftuna 30-09-25, 10:46Voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berish majburiyatini ixtiyoriy ravishda bajarmagan ota (ona)dan sudning hal qiluv...