HIMOYA HUQUQINI TA’MINLASH. AYBSIZLIK PREZUMPTSIYASI
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi himoyalanish huquqi bilan ta’minlanadi. Sud ishlarini yuritishning har qanday bosqichida malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanadi.
Ayblanuvchi, uning aybi qonunda nazarda tutilgan tartibda isbotlanmagunga va sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanmagunga qadar, aybsiz hisoblanadi.
Hech kim sud qaroriga asoslanmagan holda qamoqqa olinishi mumkin emas.
Hech kim qiynoqqa solinishi, zo‘ravonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq:
Aybsizlik prezumptsiyasi
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi uning jinoyat sodir etishda aybdorligi qonunda nazarda tutilgan tartibda isbotlangunga va qonuniy kuchga kirgan sud hukmi bilan aniqlangunga qadar aybsiz hisoblanadi.
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o‘zining aybsizligini isbotlab berishi shart emas.
Aybdorlikka oid barcha shubhalar, basharti ularni bartaraf etish imkoniyatlari tugagan bo‘lsa, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining foydasiga hal qilinishi lozim. Qonun qo‘llanilayotganda kelib chiqadigan shubhalar ham gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining foydasiga hal qilinishi kerak.
Davlat fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta’minlaydi.
Har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar davlat organlari va boshqa organlarning, mansabdor shaxslarning har qanday g‘ayriqonuniy xatti-harakatlaridan (qarorlaridan), shuningdek hayoti va sog‘lig‘i, sha’ni va qadr-qimmati, shaxsiy erkinligi va mol-mulki, boshqa huquq va erkinliklariga tajovuzlardan sud himoyasida bo‘lish huquqiga ega. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar ham sud himoyasida bo‘lish huquqiga egadir.
Fuqarolarning, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari sud yo‘li bilan samarali himoya qilinishini ta’minlash maqsadida sud muhokamasining barcha bosqichlarida va qonun hujjatlarini qo‘llash amaliyoti to‘g‘risidagi masalalar sudlar tomonidan ko‘rilayotganda prokuror ishtirok etadi.
Har qanday manfaatdor shaxs buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqi yoxud qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatini himoya qilish uchun fuqarolik sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga (sudga) murojaat qilishga haqli.
A.DUSCHANOV,
Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
TADBIRKORLARGA MOLIYAVIY ХIZMATLARDAN FOYDALANISH
personmaftuna 15-05-25, 12:0717.04.2025-yildgia «Tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash tizimi takomillashtirilishi munosabati...
ZO‘RAVONLIKDAN JABRLANGAN BOLALARGA HIMOYA ORDERI BERISH
personmaftuna 16-12-24, 19:23Qonunga ko'ra, quyidagilar bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning shakllaridir: jismoniy zo‘ravonlik; jinsiy zo‘ravonlik;...
KIMLAR MA’MURIY QAMOQQA OLINISHI MUMKIN EMAS ?
personmaftuna 21-03-24, 10:10Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 29-moddasiga ko‘ra, ma’muriy qamoqqa olish chorasi quyidagilarga nisbatan...