ADLIYA ORGANLARI TIZIMIDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH
Agar siz adliya organlari va muassasalarida korruptsiyaga duch kelsangiz, adliya organlariga xabar bering!
Bunda Adliya vazirligi tizimidagi, jumladan:
- adliya boshqarmalari va bo‘limlari;
- yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari;
- FHDYo organlari;
- davlat xizmatlari markazlari;
- X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazi va uning hududiy bo‘linmalari;
- “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi;
- Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi;
- Davlat xizmatlarini rivojlantirish markazi;
- Intellektual mulk markazi;
- davlat notarial idoralari va arxivlari;
- Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti;
- Toshkent davlat yuridik universiteti;
Davlat fuqarolik xizmatida davlat fuqarolik xizmatchisiga (uning oila a’zolariga) bepul berilgan, moddiy qimmatga ega bo‘lgan mol-mulk yoki davlat fuqarolik xizmatchisiga (uning oila a’zolariga) beg‘araz ko‘rsatilgan xizmat sovg‘a hisoblanadi.
Davlat fuqarolik xizmatchilari xizmat safarlari vaqtida, shuningdek xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan sovg‘alar olishi mumkin.
Davlat fuqarolik xizmatchisining xizmat vakolatlarini jismoniy va yuridik shaxslar manfaatlarini ko‘zlab bajarish yoki bajarmaslik evaziga ulardan har qanday sovg‘alar olish taqiqlanadi. Bundan davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan alohida xizmatlari uchun davlat organining tegishli qarori asosida olingan sovg‘alar, shuningdek musobaqalar va tanlovlarda erishgan yutuqlari, davlat bayramlari, nishonlanadigan sanalar hamda boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan mukofotlash natijasida olingan sovg‘alar mustasno.
Davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan xizmat safarlari, xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan olinishi mumkin bo‘lgan sovg‘a qiymati, shuningdek uni tasarruf etish tartibi korruptsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
T.DAVLETOV,
Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
АЙРИМ РЎЙХАТДАН ЎТКАЗИШ ДАВЛАТ РАҚАМИ БЕЛГИЛАРИ УЧУН ТЎЛОВ
personmaftuna 30-01-25, 01:54“Рўйхатдан ўтказиш давлат рақами белгиларини ва қатъий ҳисобдаги бланкаларни беришда, автомототранспорт воситалари,...
AUKSIONNI O‘TKAZISH TARTIBINI BILASIZMI?
personmaftuna 28-06-24, 23:09O‘zbekiston Respublikasining Davlat xaridlari to‘g‘risida qonuni 12.03.2021-yil qonunining 54-moddasiga asosan. Auksion...
ТАШҚИ САВДО ОПЕРАЦИЯЛАРИ БЎЙИЧА ВАЛЮТА НАЗОРАТИ ЯНАДА
personmaftuna 14-12-24, 15:13Фармон (ПФ-156-сон, 14.10.2024 й) билан Президентининг айрим ҳужжатларига ўзгартириш ва қўшимчалар киритилди. Унга...