AUKSIONNI O‘TKAZISH TARTIBINI BILASIZMI?
O‘zbekiston Respublikasining Davlat xaridlari to‘g‘risida qonuni 12.03.2021-yil qonunining 54-moddasiga asosan. Auksion davlat xaridlarining elektron tizimida boshlang‘ich narxni qadam-baqadam pasaytirish yo‘li bilan o‘tkaziladi.
Auksionni o‘tkazish, kiritilgan ta’minot summasiga muvofiq har bir lot bo‘yicha auksiondan foydalanish, auksion g‘oliblarini aniqlash, bitimni ro‘yxatdan o‘tkazish va shartnomani shakllantirish davlat xaridlarining elektron tizimi tomonidan avtomatik rejimda amalga oshiriladi.
Auksionni o‘tkazish chog‘ida ishtirokchilar auksion boshlangan paytdan e’tiboran va u tamom bo‘ladigan paytga qadar butun muddat ichida narx bo‘yicha takliflarni cheklanmagan miqdorda berishga haqli.
Ishtirokchilarning nomi va ular bilan bog‘lanishga doir ma’lumotlar auksion g‘olibi aniqlanadigan paytga qadar davlat xaridlarining elektron tizimida aks ettirilmaydi.
Auksion tugaydigan vaqt kelganda davlat xaridlarining elektron tizimi auksion o‘tkazilgan vaqt davomida berilgan takliflar orasida eng past narxni taklif qilgan taklifni avtomatik ravishda aniqlab oladi. Eng past narx ko‘rsatilgan taklifni bergan ishtirokchi auksion g‘olibi sifatida davlat xaridlarining elektron tizimi tomonidan saralab olinadi. Ijrochining nomi davlat xaridlarining elektron tizimida aks ettirilib, ushbu tizim tuzilgan bitimni avtomatik ravishda qayd etadi va davlat buyurtmachisining buyurtmanomasida bayon etilgan shartlarga muvofiq shartnomani shakllantiradi.
X.MATKARIMOV,
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
ЧОРВАЧИЛИК ВА ПАРРАНДАЧИЛИК ХЎЖАЛИКЛАРИ ТЎЛАГАН ҚҚСНИНГ 50
personmaftuna 25-08-25, 02:40“Чорвачилик ва паррандачиликни қўллаб-қувватлаш, соҳада юқори қўшилган қиймат яратиш бўйича қўшимча чора-тадбирлар...
1-SINFGA QABUL BOSHLANDI: MUHIM 10 SAVOLGA JAVOB
personmaftuna 28-06-24, 12:19Maktablarda 1-sinfga qabul boshlandi. Onlayn hujjat topshirish mumkin boʻlgan hududlar eʼlon qilindi, boshqa hududlarda...
NUTQIDA, ESHITISH VA KOʻRISHIDA OGʻIR NUQSONLARI BOR
personmaftuna 30-09-24, 01:51Quyidagi kasalliklar mavjud bolalar uchun bogʻchalarda ota-onalar toʻlovi undirilmaydi: 1 nutqidagi ogʻir nuqsonlar...