Kuzatuvchi » Siyosiy » NOQONUNIY TADBIRKORLIK FAOLIYATI BILAN SHUG‘ULLANISH, YA’NI TADBIRKORLIK FAOLIYATINI DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TMASDAN AMALGA OSHIRISH QANDAY HUQUQIY OQIBATLARGA OLIB KELADI?
NOQONUNIY TADBIRKORLIK FAOLIYATI BILAN SHUG‘ULLANISH, YA’NI TADBIRKORLIK FAOLIYATINI DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TMASDAN AMALGA OSHIRISH QANDAY HUQUQIY OQIBATLARGA OLIB KELADI?
- Tadbirkorlik faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan amalga oshirish, — huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan etti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
- Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni ancha miqdordagi nazorat qilinmaydigan daromad olgan holda sodir etish, — huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining etti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
- Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni ko‘p miqdordagi nazorat qilinmaydigan daromad olgan holda sodir etish, — huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
- Birinchi marta huquqbuzarlik sodir etgan shaxs, agar u huquqbuzarlik aniqlangan paytdan e’tiboran o‘ttiz kun ichida soliqlar va yig‘imlar tarzida davlatga etkazilgan zararning o‘rnini ixtiyoriy ravishda qoplagan, tadbirkorlik subyektining ro‘yxatdan o‘tkazilishini ta’minlagan va zarur bo‘lgan ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirgan bo‘lsa, huquqbuzarlik narsalarini musodara qilmasdan javobgarlikdan ozod etiladi.
I.RAXIMBERGANOV,
Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
AYOLLAR DAFTARIGA KIMLAR KIRITILADI?
personmaftuna 16-12-24, 18:58“Ayollar daftari”ga 30 yoshdan oshgan quyidagi toifadagi xotin-qizlar kiritiladi: 🔹 ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz...
TIBBIYOT XODIMLARI MEHNATINI HUQUQIY JIHATDAN TARTIBGA
personmaftuna 18-03-24, 01:49Tibbiyot xodimlari uchun ish vaqtining haftasiga o‘ttiz olti soatdan ortiq bo‘lmagan qisqartirilgan davomiyligi...
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI SOHASIDA DAVLAT
personmaftuna 01-05-25, 01:46“Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida davlat nazoratini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to'g'risida”...