Kuzatuvchi » Siyosiy » TIBBIYOT XODIMLARI MEHNATINI HUQUQIY JIHATDAN TARTIBGA SOLISH

TIBBIYOT XODIMLARI MEHNATINI HUQUQIY JIHATDAN TARTIBGA SOLISH

Tibbiyot xodimlari uchun ish vaqtining haftasiga o‘ttiz olti soatdan ortiq bo‘lmagan qisqartirilgan davomiyligi belgilanadi.

Mehnat kodeksining 502-moddasiga asosan, ayrim toifadagi tibbiyot xodimlari yillik qo‘shimcha mehnat ta’tili olish huquqiga ega.

Tibbiyot xodimlari ish vaqtining va yillik qo‘shimcha mehnat ta’tilining davomiyligi, shuningdek ularning mehnatiga haq to‘lash razryadlari hamda tarif stavkasiga (maoshga) qo‘shimcha to‘lovlar va ustamalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Rahbar xodimlar mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha tibbiyot tashkilotlari guruhlari o‘zi bevosita bo‘ysunadigan sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari tomonidan, davolangan bemorlar soniga qarab — statsionar muassasalar uchun, xizmat ko‘rsatiladigan aholi soniga qarab — ambulatoriya-poliklinika xizmati va boshqa tibbiyot tashkilotlari uchun belgilanadi.  Sog‘liqni saqlash muassasalarining rahbarlari, ularning o‘rinbosarlari, shuningdek bosh tibbiyot hamshiralari uchun mehnatga haq to‘lash bo‘yicha tarif setkasi bo‘yicha razryad sog‘liqni saqlash muassasasining tipiga qarab tabaqalashtiriladi.

Agar shifokorning mutaxassisligi bo‘yicha ish stajida uch yil yoki undan ortiq tanaffus mavjud bo‘lsa (ijtimoiy ta’tillar, tibbiyotga ixtisoslashmagan mutaxassislikda ishlash, uzoq davom etgan kasallik, nogironlik va boshqalar), shifokor o‘z kasbiy faoliyatini qayta boshlashdan oldin avvalgi yillarda olinganligi to‘g‘risida hujjat bilan tasdiqlangan mavjud bazaviy, asosiy yoki qo‘shimcha mutaxassislikka muvofiq ixtisoslashuv kurslaridan o‘tishi shart. Ixtisoslashuv kurslaridan o‘tish tartibi qonunchilikda belgilanadi.

 

M.SODIQOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

Boshqa maqolalar

ҲУДУДИЙ ПРОКУРАТУРАЛАРДА КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШ ВА

personmaftuna 30-09-24, 17:00
0 ҲУДУДИЙ ПРОКУРАТУРАЛАРДА КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШ ВА АҲОЛИНИ ИЖТИМОИЙ ҲИМОЯ ҚИЛИШ СОҲАСИДА ҚОНУНЧИЛИК УСТИДАН НАЗОРАТ БЎЛИНМАЛАРИ ТАШКИЛ ЭТИЛАДИ

Президентнинг 11.09.2024 йил кунги ПФ-139-сон “Камбағалликни қисқартириш ва аҳолини ижтимоий ҳимоя қилиш соҳасидаги...

DXSH ASOSIDA BOG‘CHA TASHKIL QILISH UCHUN AJRATILGAN

personmaftuna 22-03-24, 00:29
0 DXSH ASOSIDA BOG‘CHA TASHKIL QILISH UCHUN AJRATILGAN KREDITLARNING IMTIYOZLI MUDDATI UZAYTIRILDI

U kelasi yilning 1-oktabrigacha amal qilib, bu davrda tadbirkorlar tomonidan kredit bo‘yicha faqat foiz to‘lovlari...

NABIRASINING PARVARISHI UCHUN BUVIGA KASALLIK VARAQASI

personmaftuna 21-02-24, 02:00
0 NABIRASINING PARVARISHI UCHUN BUVIGA KASALLIK VARAQASI BERILADIMI?

Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi kasal boʻlganda, mehnat yoki boshqa jarohatlarda, shu jumladan maishiy...

menu
menu