O‘ZBEKISTONDA FUTBOL SOHASI RAQAMLASHTIRILADI
“O‘zbekistonda futbol sohasini raqamlashtirish va ommaviyligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 21.08.2025-yildagi PQ–262-sonli Prezident qarori qabul qilindi.
Mamlakatimizda futbolni yanada rivojlantirishning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
moddiy-texnik bazani xalqaro talablarga moslashtirish va futbol maydonlarini ko‘paytirish orqali futbol bilan muntazam shug‘ullanuvchilar sonini oshirish;
iqtidorli futbolchilarni saralab olish, ularni professional futbolchi sifatida tayyorlash tizimini to‘liq raqamlashtirish.
Qarorga ko‘ra, “Milliy futbol elektron platformasi” axborot tizimi yaratiladi.
2026-yil 1-yanvardan tajriba-sinov tariqasida futbol akademiya va maktablarining o‘quv mashg‘ulotlarini onlayn kuzatish, futbolchilar seleksiyasi hamda tibbiy va jismoniy ko‘rsatkichlarini monitoring qilish mazkur axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
2026-yil 1-martdan futbol o‘yinlariga chiptalarni xarid qilish shaxsni identifikatsiya qilish hamda matritsali shtrix-kod (QR kod) texnologiyalarini qo‘llashni nazarda tutuvchi maxsus onlayn axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
J.ABDUKARIMOV,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.
Boshqa maqolalar
ISHGA JOYLASHTIRISH BO‘YICHA DAVLAT KAFOLATLARI
personmaftuna 14-06-24, 16:15Har kim o‘zining ishlab chiqarishga va ijodiy mehnatga doir qobiliyatlaridan foydalanish hamda qonunchilikda...
ЯНГИ БИНО ҚУРИШДАН АВВАЛ ТУПРОҚНИНГ УНУМДОР ҚАТЛАМИ СИДИРИБ
personmaftuna 12-03-24, 02:14“Тупроқни муҳофаза қилиш ва унинг унумдорлигини ошириш тўғрисида”ги қонун (ЎРҚ–903-сон, 02.02.2024 й.) Президент...
TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINING BARQARORLIK REYTINGI JORIY
personmaftuna 21-03-24, 11:31Prezidentning 23.01.2024-yildagi PQ-39-son “Tadbirkorlik sub’yektlarining barqarorlik reytingini joriy etish...