DORI VOSITALARI VA TIBBIY JIHOZLARNI RO‘YXATDAN O‘TKAZISH TARTIBI XALQARO TALABLARGA MOSLASHTIRILADI
“Dori vositalari va tibbiy jihozlar muomalasini tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 19.08.2025-yildagi PF–137-sonli Prezident Farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalarning muomalasi quyidagicha tartibda amalga oshiriladi:
tibbiy buyum va tibbiy texnikalar tibbiy jihozlar sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi;
tibbiy jihozlar inson hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan ehtimoli yuqori xavflarni hisobga olgan holda 4 ta xavfsizlik darajasiga ko‘ra tasniflanadi;
tibbiy jihozlar klinik tadqiqotlarning ijobiy natijasi asosida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
Shuningdek, dori vositalari va tibbiy jihozlar uchun muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirishda quyidagilar talab qilinadi:
dori vositalari uchun – 2027-yil 1-yanvardan ishlab chiqaruvchining dori vositalari turiga “Zarur ishlab chiqarish amaliyoti – GMP” milliy sertifikati;
tibbiy jihozlar uchun – 2027-yil 1-iyuldan ishlab chiqaruvchining “ISO: 13485” milliy standartiga muvofiqlik sertifikati.
J.ABDUKARIMOV,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.
Boshqa maqolalar
ХОРАЗМ ВИЛОЯТИДА ЛОЙИҲАЛАРНИ АМАЛГА ОШИРИШ УЧУН 100 МЛН АҚШ
personmaftuna 25-04-24, 01:09Ўзбекистон Республикаси Президентининг 28.02.2024 йилдаги ПҚ-89-сонли “Хоразм вилоятида тадбиркорларга қулай шароитлар...
AYRIM TEXNIK VOSITALAR SOLIQ VA BOJDAN OZOD QILINADI !
personmaftuna 19-11-24, 23:18Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan Soliq hamda Bojxona kodekslariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi....
XORIJGA CHIQISH BIOMETRIK PASPORTINI POCHTA XIZMATI ORQALI
personmaftuna 10-12-24, 10:39Qaror (PQ-380-son, 04.11.2024-y.) bilan Prezidentning ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Unga...