Kuzatuvchi » Siyosiy » SUD QARORLARINI IJRO ETISH BOSQICHIDA DA’VONI TA’MINLASH INSTITUTI JORIY ETILADI

SUD QARORLARINI IJRO ETISH BOSQICHIDA DA’VONI TA’MINLASH INSTITUTI JORIY ETILADI

O‘zbekiston Respublikasining 19.08.2025-yildagi O‘RQ–1082-sonli Qonuni bilan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi. 

Qonunga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, qarzdor ijro ishi bo‘yicha kafolat mablag‘larini kiritish xukukiga ega.

Mablag‘larini kiritish qarzdor tomonidan unga nisbatan mulkiy tusdagi sud hujjati bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishini majburiy ijro organining depozit hisobvarag‘iga to‘liq yoki qisman pul o‘tkazish yo‘li bilan ta’minlashdan iboratdir.

Kafolat mablag‘larini kiritish ijro ishi yuritishni to‘xtatib turish, qarzdorga va uning mol-mulkiga nisbatan belgilangan cheklovlarni bekor qilish uchun asos bo‘ladi.

Kafolat mablag‘larini kiritish quyidagi hollarda qo‘llanadi:

ijro hujjatini berish uchun asos bo‘lgan sud hujjati ustidan berilgan shikoyat yoki keltirilgan protest sud tomonidan qabul qilinganda;

davlat ijrochisining harakati (qarori) ustidan shikoyat berilganda.

 Kafolat mablag‘lari quyidagi hollarda 3 kunlik muddatda qaytariladi:

 ijro hujjatini berish uchun asos bo‘lgan sud hujjati bekor bo‘lganda;

 ijro hujjati amalda ijro etilganda.

R.EGAMBERDIYEV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

ISH HAQI SAQLANMAYDIGAN TA’TIL OLISH TARIBI

personmaftuna 25-06-24, 17:43
0 ISH HAQI SAQLANMAYDIGAN TA’TIL OLISH TARIBI

Mehnat kodeksining 241-moddasiga ko‘ra ish haqi saqlanmaydigan ta’til deganda xodimning ish o‘rni (lavozimi) saqlanib...

QAYSI TOIFADAGI SHAXSLAR BOLA ASRAB OLISHI MUMKIN EMAS?

personmaftuna 10-12-24, 09:39
0 QAYSI TOIFADAGI SHAXSLAR BOLA ASRAB OLISHI MUMKIN EMAS?

Voyaga yetgan erkak yoki ayol fuqarolar farzandlikka oluvchilar bo‘lishi mumkin. Quyidagi shaxslarning farzand asrab...

KIMLAR PЕDAGOGIK FAOLIYAT BILAN SHUG‘ILLANISHI MUMKIN EMAS?

personmaftuna 05-03-24, 23:30
0 KIMLAR PЕDAGOGIK FAOLIYAT BILAN SHUG‘ILLANISHI MUMKIN EMAS?

📃 Prezident tomonidan imzolangan "Pedagogning maqomi to‘g‘risida" gi O‘RQ-901-son qonunga ko‘ra, quyidagi shaxslarning...

menu
menu