SUV RESURSLARINI BOSHQARISH VA IRRIGATSIYA SEKTORI RIVOJLANTIRILADI
“O‘zbekiston Respublikasida suv resurslarini boshqarishva irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 2025–2028 yillarga mo‘ljallangan dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 15.08.2025-yildagi PQ-250-sonli Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 2025–2028 yillarga mo‘ljallangan dasturini amalga oshirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
irrigatsiya tarmoqlarining 2 551 km qismini rekonstruksiya qilish, ushbu maqsadlar uchun har yili Davlat byudjetidan kamida 1,3 trln so‘m ajratish va xalqaro moliya institutlari mablag‘laridan 300 mln AQSh dollarini o‘zlashtirish;
suv ta’minoti darajasi past bo‘lgan sug‘oriladigan maydonlar hajmini 424 ming gektardan 276 ming gektargacha qisqartirish.
Qaror bilan Suv resurslarini oqilona boshqarish, ulardan samarali foydalanish va muhofaza qilish ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika suv kengashi tarkibi tasdiqlandi.
Bundan tashqari, Qarorga ko‘ra, 2025-yil yakuniga qadar belgilangan 15 ta nasos stansiyasiga muqobil energiya manbalari (quyosh panellari) hamda energiya tejamkor qurilmalarni o‘rnatish loyihasi amalga oshiriladi.
R.EGAMBERDIYEV,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
БМТ ПРИНЦИПЛАРИ МИЛЛИЙ СТАТИСТИКА ТИЗИМИГА ЖОРИЙ ЭТИЛАДИ
personmaftuna 26-03-24, 01:03“Ўзбекистон Республикаси Президенти ҳузуридаги Статистика агентлиги фаолиятини ташкил этиш чора-тадбирлари тўғрисида”ги...
KEKSALAR VA NOGIRONLARGA IJTIMOIY YORDAM KOʻRSATISH TIZIMI
personmaftuna 22-01-24, 23:52O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 27.12.2023-yildagi 410 -son «Oʻzgalar parvarishiga muhtoj keksalar va...
AVTOMOBIL SIGNALINI SABABSIZ BOSGAN HAYDOVCHI JARIMA
personmaftuna 08-12-24, 13:43Shaharlarda mashina signallari faqatgina o‘ta zarur hollarda chalinadi. Bu holat ularda odobsizlik hisoblanib, undan...