AVTOMOBIL SIGNALINI SABABSIZ BOSGAN HAYDOVCHI JARIMA TO‘LAYDI
Shaharlarda mashina signallari faqatgina o‘ta zarur hollarda chalinadi. Bu holat ularda odobsizlik hisoblanib, undan tashqari jarimaga sabab bo‘ladi.
Tovush signalini sababsiz berish, transport vositalariga uni ishlab chiqargan korxona nazarda tutmagan tovush chiqaruvchi va yorituvchi qurilmalarni o‘rnatish, xuddi shuningdek ularni o‘zgartirib o‘rnatish;
- bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Tegishli ruxsat olmay turib transport vositalariga tovush chiqaruvchi va yorituvchi maxsus qurilmalarni o‘rnatish, xuddi shuningdek davlat raqam belgilarini ko‘rish imkoniyatini cheklaydigan, ularni anglashga to‘sqinlik qiladigan turli ashyolar o‘rnatish va qoplama surtish;
- ana shu qurilmalarni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Tursunboy URAZBAYEV,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
БИЛАСИЗМИ?
personmaftuna 29-03-24, 06:55Президент томонидан имзоланган қонун (ЎРҚ-912-сон, 23.02.2024 й.) билан айрим қонунларга ўзгартиришлар киритилди. Қонун...
BUXORO SHAHRIDA XALQARO ZAMONAVIY SAN’AT BIENNALESI
personmaftuna 24-09-25, 00:37“Xalqaro zamonaviy san’at biennalesini yuqori saviyada o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 21.08.2025-yildagi...
OʻQITUVCHI NAVBATDAGI MAJBURIY ATTESTATSIYADA ISHTIROK
personmaftuna 30-09-24, 02:19Hukumat qarori bilan tasdiqlangan nizomda attestatsiyada uzrli yoki uzrsiz sabablarga asosan ishtirok etmaganlik uchun...