JINOYAT PROTSESSIDA MAJBURLOV CHORALARI INSTITUTI TAKOMILLASHTIRILADI
O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartitish va qo’shimchalar kiritish yo’g’risidagi Qonuni (O'RQ–1081-son, 15.08.2025-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritildi.
Qonun bilan sud tomonidan ayrim shaxslarning O'zbekistondan chiqish huquqi vaqtincha cheklanishiga doir tartibni nazarda tutuvchi qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritilmoqda.
Kiritilgan qo'shimchalarga ko'ra, O'zbekistondan chiqish huquqini vaqtincha cheklash gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo'llanilmagan, biroq O'zbekistondan chiqib ketib, suddan uzrli sabablarsiz bo'yin tovlashi uchun asoslar mavjud bo'lganda qo'llaniladi.
Prokuror, tergovchi, surishtiruvchi O'zbekistondan chiqish huquqini vaqtincha cheklash to'g'risida iltimosnoma qo'zg'atish haqida mazkur majburlov chorasini qo'llash asoslarini bayon etgan holda qaror chiqaradi.
Iltimosnoma materiallar kelib tushgan paytdan e'tiboran 8 soatdan kechiktirmay yopiq sud majlisida ko'rib chiqiladi.
Sudya iltimosnomani ko'rib chiqib, O'zbekistondan chiqish huquqini vaqtincha cheklash yoki uni rad etish to'g'risida ajrim chiqaradi.
Ajrim ustidan 48 soat ichida shikoyat berilishi yoxud protest bildirilishi mumkin.
Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.
S.BERDIQILICHOV,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuristkonsulti.
Boshqa maqolalar
BALIQ OVLASH QOIDALARINI - BUZGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK
personmaftuna 20-10-24, 13:27Qonunchilikka ko'ra, tegishli ruxsati bo'lmay turib yoki taqiqlangan joylarda yoxud taqiqlangan muddatlarda,...
AYRIM FUQAROLARGA ELEKTR ENERGIYASI VA TABIIY GAZ UCHUN
personmaftuna 04-06-24, 14:15“Yoqilg'i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida”gi Hukumat...
“XABEAS KORPUS” INSTITUTINING KONSTITUTSIYAVIY KAFOLATI
personmaftuna 12-12-24, 03:35O‘z huquqlarini yaxshi bilmagan odamlar hibsga olinganda yoki tergov jarayonida nima qilish kerakligini bilmaydi....