TA'LIM TASHKILOTLARINI DAVLAT AKKREDITATSIYASIDAN O'TKAZISH TARTIBI BELGILANDI
Hukumat qarori (498-son, 06.08.2025-y.) bilan “O'rta maxsus, kasbiy, oliy va oliy ta'limdan keyingi ta'lim, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tashkilotlarini kompleks hamda maxsus davlat akkreditasiyasidan o'tkazish tartibi to'g'risida”gi nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko'ra, davlat akkreditatsiyasidan o'tkazish quyidagi bosqichlardan iborat:
1-bosqich - arizani rasmiylashtirish;
2-bosqich - ta'lim sifatini ichki baholash;
3-bosqich - ta'lim sifatini tashqi baholash;
4-bosqich - davlat akkreditatsiyasi bo'yicha yakuniy qaror qabul qilish.
Ta'lim dasturlarini maxsus davlat akkreditatsiyasidan o'tkazish to'g'risida arizalar kelgusi o'quv yilida faoliyatini boshlash uchun har yili 1-oktabrdan kelgusi yilning 31-yanvarigacha qabul qilinadi.
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
▪ litsenziya/yuridik shaxsning guvohnoma nusxasi;
▪ arizani ko'rib chiqish uchun belgilangan miqdordagi yig'imlarni amalga oshirganlik to'g'risidagi ma'lumotnoma;
▪ davlat akkreditasiyasi jarayonlariga biriktirilgan mas'ul xodimning ma'lumotlari.
Arizalar 15 ish kunida ko'rib chiqiladi.
Ta'lim dasturi “davlat akkreditatsiyasidan o'tdi” deb e'tirof etilganda, maxsus davlat akkreditatsiyasidan o'tganligi to'g'risidagi sertifikat 1 hafta muddatda beriladi va mazkur ta'lim dasturi bo'yicha kadrlar tayyorlashga ruxsat etiladi.
S.BERDIQILICHOV,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuristkonsulti.
Boshqa maqolalar
KRIMINOLOGIYA INSTITUTI TASHKIL ETILDI
personmaftuna 31-01-24, 02:17Prezident 15.01.2024-yilda PF-10-sonli “Jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasini...
AYRIM MAKTAB XODIMLARINING BAZAVIY TARIF STAVKASIGA
personmaftuna 12-06-25, 02:45“Yoshlar siyosati va sport sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi...
TO'QIMACHILIK VA TIKUV-TRIKOTAJ YO'NALISHIDAGI
personmaftuna 25-06-24, 19:59“To'qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari...