Kuzatuvchi » Siyosiy » KRIMINOLOGIYA INSTITUTI TASHKIL ETILDI
KRIMINOLOGIYA INSTITUTI TASHKIL ETILDI
Prezident 15.01.2024-yilda PF-10-sonli “Jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasini ilmiy tadqiq qilish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga koʼtarish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Farmonni imzoladi.
Oʼzbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti tashkil etilmoqda, uning vazifalari quyidagilardan iborat:
• respublikadagi kriminogen vaziyatga oid chuqur tadqiqotlarni amalga oshirish, jinoyatchilik tendentsiyalarini tahlil va prognoz qilish;
• hududlar kesimida kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish choralarining samaradorligini ilmiy jihatdan baholash, shuningdek qonunchilik va huquqni qoʼllash amaliyotini takomillashtirish orqali jinoyatchilik omillarini bartaraf etish choralarini ishlab chiqish.
Institut Ichki ishlar vazirligi tashkiliy tuzilmasiga kiradi va Jamoat xavfsizligi masalalari ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazining huquq va majburiyatlari boʼyicha huquqiy vorisi hisoblanadi. Institut rahbari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadi.
Muhayyo MATKARIMOVA,
Urganch tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
ELEKTR ENERGIYASI VA TABIIY GAZ QURILMALARINI OʻRNATISH
personmaftuna 15-05-25, 12:13Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi...
NOGIRONLIGI BO'LGAN SHAXSLARNING ODIL SUDLOVDAN
personmaftuna 26-12-24, 14:57Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-955-son, 05.09.2024-y.) bilan “Nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlari...
ELEKTRON RAQAMLI IMZONI BERISH
personmaftuna 25-09-25, 22:49Elektron raqamli imzoni Davlat xizmatlari markazlari yoki e-imzo platformasi orqali olish mumkin va u bilan boshqa...