Kuzatuvchi » Siyosiy » XODIMLARINI “OPEN BUDGET”GA OVOZ YIG'ISHGA MAJBURLAGAN MANSABDORLARGA QANDAY CHORA KO‘RILADI?

XODIMLARINI “OPEN BUDGET”GA OVOZ YIG'ISHGA MAJBURLAGAN MANSABDORLARGA QANDAY CHORA KO‘RILADI?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-117-son qarori 6-bandiga asosan, tashabbusli budjetlashtirish jarayonlari doirasida budjet tashkilotlarining rahbar xodimlari tomonidan majburiy ovoz yig‘ish bo‘yicha xodimlarga topshiriq berishlari taqiqlanadi. Bu majburiy mehnatga jalb qilish sifatida tasniflanadi.

 

Mehnat kodeksining 5-moddasiga asosan majburiy mehnat taqiqlangan. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasiga muvofiq mehnatga biron-bir shaklda ma’muriy tarzda majburlash bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

 

Xuddi shu harakat takroran yoki voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etilsa, Jinoyat kodeksining 148²-moddasiga asosan javobgarlikka tortiladi. 

 

Majburiy mehnatga jalb qilish holatlariga duch kelsangiz Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 1282 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qiling.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

 

Boshqa maqolalar

ADLIYA VAZIRLIGI AHOLI BILAN FAOLROQ ISHLAYDI

personmaftuna 24-06-24, 10:53
0 ADLIYA VAZIRLIGI AHOLI BILAN FAOLROQ ISHLAYDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezident tomonidan 24.05.2024-yildagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va...

O‘ZBEKISTON FUQAROLIK KODEKSIDAGI XUSUSIY MULKKA OID 7 TA

personmaftuna 16-12-24, 11:24
0 O‘ZBEKISTON FUQAROLIK KODEKSIDAGI XUSUSIY MULKKA OID 7 TA MUHIM NORMA

1. Mulk huquqi. Fuqarolik kodeksida mulk huquqi xususiy shaxslar va yuridik shaxslar tomonidan egalik qilish,...

MEHNAT SHARTNOMASI QANDAY TARTIBDA TUZILADI?

personmaftuna 17-12-24, 10:58
0 MEHNAT SHARTNOMASI QANDAY TARTIBDA TUZILADI?

Mehnat shartnomasi bir xil kuchga ega bo‘lgan kamida ikki nusxada yozma shaklda tuzilib, ularning har biri taraflar...

menu
menu