“ENG NAMUNALI YASHIL TURIZM OBYEKTI” TANLOVI O'TKAZILDI
Hukumat qarori (385-son, 24.06.2025 y.) bilan “Eng namunali yashil turizm obyekti” tanlovini tashkil etish va o'tkazish tartibi to'g'risida”gi nizom tasdiqlandi.
Nizom o'z faoliyatida chiqindilar hosil bo'lishini kamaytirishda tashabbus ko'rsatgan tadbirkorlar o'rtasida "Eng namunali yashil turizm obyekti" tanlovini tashkil etish va o'tkazish tartibini belgilaydi.
Turizm qo'mitasi har yili 1-iyulgacha tanlovni o'tkazish haqida o'z rasmiy sahifalarida e'lon beradi.
Tanlov har yili sentabr - noyabr oylarida quyidagi bosqichlarda o'tkaziladi:
-- hududiy saralash bosqichi – Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida;
-- respublika yakuniy bosqichi - hududiy saralash bosqichlari g'oliblari o'rtasida respublika miqyosida.
-- Respublika bosqichi g'oliblari quyidagi miqdorlarda bir yo'la to'lanadigan pul mukofoti bilan taqdirlanadi:
1-o'rin - BHMning 150 baravari;
2-o'rin - BHMning 100 baravari;
3-o'rin - BHMning 50 baravari.
S.BERDIQILICHOV,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuristkonsulti.
Boshqa maqolalar
NOGIRONLIKNI BELGILASH OSONLASHTIRILADI
personmaftuna 30-09-24, 07:20Nogironlikni belgilash osonlashtiriladi. Qonunchilikka ko'ra, Toshkent shahri va Navoiy viloyatida bosqichma-bosqich...
SUN’IY INTELLEKT TEХNOLOGIYALARINI 2030-YILGA QADAR
personmaftuna 26-12-24, 03:39O ‘ zbekiston Respublikasi Prezident tomonidan 14.10.2024 - yildagi “Sun’iy intellekt teхnologiyalarini 2030 - yilga...
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLAR UCHUN SPORT BILAN
personmaftuna 16-12-24, 18:56“Nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb etish orqali jismoniy reabilitatsiya qilish tizimini takomillashtirish...