NOGIRONLIKNI BELGILASH OSONLASHTIRILADI
Nogironlikni belgilash osonlashtiriladi.
Qonunchilikka ko'ra, Toshkent shahri va Navoiy viloyatida bosqichma-bosqich eksperiment tariqasida, nogironlikni belgilashning quyidagi tartibi joriy etiladi: (https://t.me/huquqiyaxborot/16206)
fuqarolarga nogironlikni belgilash bo'yicha YAIDXP (my.gov.uz), “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari yoki ijtimoiy xodimlar orqali oilaviy shifokorlarga murojaat qilish imkoniyati yaratiladi;
tibbiy-ijtimoiy ekspertiza komissiyasi (TIEK) ko'rigi uchun fuqarolarning tibbiy hujjatlarini yo'llash oilaviy shifokorlar tomonidan elektron tarzda amalga oshiriladi;
“Inson” markazlari xodimlari tomonidan 18 yosh va undan katta shaxslarning funksionalligini baholash tartibi joriy etiladi. Bunda baholash natijalari 2025-yil 1-sentabrgacha nogironlikni belgilash uchun asos hisoblanmaydi;
shaxs sog'lig'ining holatiga ko'ra “Inson” markazlariga borish imkoniga ega bo'lmaganda sog'lig'ining holati va funksionallikni baholash shaxsning uyida yoki davolanishda bo'lgan stasionarda o'tkaziladi;
2024-yil 1-oktabrdan ixtisoslashtirilgan (psixiatriya, ftiziatriya va pulmonologiya, pediatriya) TIEKlar tomonidan nogironlikni belgilash tartibi bekor qilinib, nogironlik tumanlararo va tuman (shahar) TIEKlar tomonidan belgilanadi.
Y.XO‘JAMURATOVA,
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
“TADBIRKORLAR BILAN OCHIQ MULOQOT” ELEKTRON PLATFORMASI
personmaftuna 25-06-24, 23:54“O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotini tashkil qilish chora-tadbirlari...
IJRO INTIZOMINI SAMARALI TASHKIL ETISHDA DAVLAT ORGANLARI
personmaftuna 25-08-25, 02:18Farmon davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomiga mas'ul tarkibiy bo'linmalar alohida tuzilma sifatida bevosita...
BILASIZMI?
personmaftuna 24-03-24, 17:08Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida zargarlik ishi yo'nalishi bo'yicha maxsus o'quv kurslarini...