Kuzatuvchi » Siyosiy » SUN'IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARI RIVOJLANTIRILADI

SUN'IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARI RIVOJLANTIRILADI

“Sun'iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to'g'risida”gi PQ-358-son Prezident qarori qabul qilingan.

Qarorga ko'ra, quyidagilarni nazarda tutuvchi Sun'iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasi tasdiqlandi:

Sun'iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish bo'yicha erishish lozim bo'lgan maqsadli ko'rsatkichlar, shu jumladan:

sun'iy intellekt asosida yaratilgan dasturiy mahsulotlar va ko'rsatiladigan xizmatlar hajmini 1,5 milliard AQSH dollariga yetkazish;

YIDXP (my.gov.uz) da sun'iy intellekt asosida ko'rsatilayotgan xizmatlar ulushini 10 foizga yetkazish;

sun'iy intellekt yo'nalishida faoliyat yurituvchi ilmiy laboratoriyalar sonini 10 taga yetkazish hamda yuqori quvvatli hisoblash serverlarini ishga tushirish;

Hukumatning sun'iy intellektga tayyorlik indeksida (Government AI Readiness Index) O'zbekistonni birinchi 50 ta o'rindagi davlatlar qatoriga kirishiga erishish.

2025-yil 1-sentabrgacha loyihalar va ilmiy-amaliy tadqiqotlarni zarur ma'lumotlar bilan ta'minlash maqsadida qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq barcha axborot xavfsizligi choralarini ko'rgan holda “katta ma'lumotlar” bazasi yaratiladi.

2026-yil 1-maygacha sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish loyihalari doirasida ma'lumotlarni qayta ishlash uchun mo'ljallangan hisoblash quvvatlari ishga tushiriladi.

J.ABDUKARIMOV,

Urganch tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.

Boshqa maqolalar

НИЗОМИЙ НОМИДАГИ ЎЗБЕКИСТОН МИЛЛИЙ ПЕДАГОГИКА УНИВЕРСИТЕТИ

personmaftuna 03-06-25, 13:11
0 НИЗОМИЙ НОМИДАГИ ЎЗБЕКИСТОН МИЛЛИЙ ПЕДАГОГИКА УНИВЕРСИТЕТИ ТАШКИЛ ЭТИЛАДИ

“Педагог кадрлар тайёрлаш тизимини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида” ги Президент Фармони (ПФ-73-сон,...

MUSTAQILLIGIMIZNING 34 YILLIGI YUKSAK SAVIYADA NISHONLANADI

personmaftuna 08-08-25, 01:48
0 MUSTAQILLIGIMIZNING 34 YILLIGI YUKSAK SAVIYADA NISHONLANADI

“O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish...

МАКТАБ ЎҚУВЧИЛАРИНИ КАСБ-ҲУНАРГА ЎҚИТИШДА ТАДБИРКОРЛАРНИ

personmaftuna 19-03-25, 06:02
0 МАКТАБ ЎҚУВЧИЛАРИНИ КАСБ-ҲУНАРГА ЎҚИТИШДА ТАДБИРКОРЛАРНИ ЖАЛБ ЭТИШ ТАРТИБИ БЕЛГИЛАНДИ

Ҳукумат қарори (78-сон, 11.02.2025 й.) билан “Ўқувчиларни касб-ҳунарга ўқитишда умумий ўрта таълим муассасалари ва...

menu
menu