Kuzatuvchi » Siyosiy » RAQAMLASHTIRISH SOHASIDAGI EKSPORTCHI KORXONALAR QO'LLAB-QUVVATLANADI

RAQAMLASHTIRISH SOHASIDAGI EKSPORTCHI KORXONALAR QO'LLAB-QUVVATLANADI

“Raqamlashtirish sohasida eksport faoliyati bilan shug'ullanuvchi korxonalarni qo'llab-quvvatlashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PF-157-son Prezident Farmoni qabul qilingan.

 Farmonga ko'ra, IT-park rezidentlariga quyidagi qo'shimcha faoliyat turlari bo'yicha xizmat ko'rsatishga ruxsat beriladi:

axborot texnologiyalari sohasida tashkil etiladigan ta'lim xizmati doirasida, ingliz tili bilan bir qatorda boshqa xorijiy tillarni ham o'qitish;

internet orqali axborot xizmatlarini eksport qilish faoliyati doirasida, biznes-jarayonlar autsorsingi yo'nalishi bo'yicha ta'lim faoliyatini amalga oshirish;

internet orqali bilim jarayonlari autsorsingi (Knowledge Process Outsourcing) xizmatlarini xorijiy davlatlarga eksport qilish.

 2025-yil 1-fevraldan 2030-yil 1-yanvargacha eksport xizmatlari hajmi kalendar yil davomida 10 million AQSH dollaridan oshgan IT-park rezidentlariga axborot texnologiyalari sohasidagi xizmatlarini ko'rsatgan, O'zbekiston bilan ikkiyoqlama soliqqa tortishning oldini olish to'g'risida bitim tuzilmagan davlatlarning yuridik shaxslari ushbu kalendar yil yakunigacha foyda solig'idan ozod etiladi.

            2025-yil 1-fevraldan 2040-yil 1-yanvargacha jami daromadi tarkibida eksporti hajmi 50 foizdan ortiq bo'lgan IT-park rezidentlarining ta'sischilari (ishtirokchilari) – O'zbekiston norezidentlari bo'lgan jismoniy va yuridik shaxslarning dividendlar tarzidagi daromadlariga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i hamda foyda solig'ining 5 foiz stavkasi tatbiq etiladi.

J.ABDUKARIMOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.

Boshqa maqolalar

2024-YILDA SOLIQ VA BYUDJET SIYOSATIDAGI ASOSIY

personmaftuna 23-01-24, 00:02
0 2024-YILDA SOLIQ VA BYUDJET SIYOSATIDAGI ASOSIY OʻZGARISHLAR TO‘G‘RISIDA

B uxgalter.uz mutaхassislari 28.12.2023-yildagi OʻRQ-891 -son «Soliq va byudjet siyosatining 2024-yilga moʻljallangan...

AYRIM TOIFADAGI JINOIY QILMISHLAR UCHUN JAVOBGARLIK

personmaftuna 28-03-24, 03:41
0 AYRIM TOIFADAGI JINOIY QILMISHLAR UCHUN JAVOBGARLIK LIBERALLASHTIRILDI

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-921-son, 15.03.2024-y.) bilan ayrim kodekslarga o'zgartirish va...

ҲАРБИЙ ХИЗМАТЧИЛАРНИ ИЖТИМОИЙ ҲИМОЯ ҚИЛИШ КУЧАЙТИРИЛАДИ

personmaftuna 19-03-25, 06:25
0 ҲАРБИЙ ХИЗМАТЧИЛАРНИ ИЖТИМОИЙ ҲИМОЯ ҚИЛИШ КУЧАЙТИРИЛАДИ

“Ўзбекистон Республикаси Президентининг айрим қарорларига ҳарбий хизматчиларни ижтимоий ҳимоя қилишни кучайтиришга...

menu
menu