Kuzatuvchi » Siyosiy » 2024-YILDA SOLIQ VA BYUDJET SIYOSATIDAGI ASOSIY OʻZGARISHLAR TO‘G‘RISIDA

2024-YILDA SOLIQ VA BYUDJET SIYOSATIDAGI ASOSIY OʻZGARISHLAR TO‘G‘RISIDA

Buxgalter.uz mutaхassislari 28.12.2023-yildagi OʻRQ-891-son «Soliq va byudjet siyosatining 2024-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Qonun boʻyicha tushuntirishlarni tayyorlashdi.

Soliqlar boʻyicha da’vo muddati 3 yilgacha qisqartirildi.

2024-yil 1-yanvardan boshlab soliq organlari biznesni 5 yil oʻrniga soʻnggi 3 yil uchun tekshirishga haqli.

Kameral soliq tekshiruvini oʻtkazish tartibi oʻzgartirildi.

            Ushbu chora soliq toʻlovchilarning ishini yengillashtirish, byurokratik sansalorlikni yoʻq qilish, pul va vaqt хarajatlarini kamaytirishga qaratilgan.

 Kameral soliq tekshiruvi boʻyicha qoʻshimcha hisoblangan soliqlarni boʻlib-boʻlib toʻlash mumkin.

2024-yil 1-yanvardan boshlab soliq toʻlovchilarga kameral soliq tekshiruvi natijalari boʻyicha qoʻshimcha hisoblangan soliq summalarini  boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati beriladi.

Soliq kodeksiga XMI va XHMT loyihalari uchun QQS boʻyicha imtiyoz kiritildi.

2023-yil noyabr oyidan kuchga kirgan хalqaro moliya institutlari va хorijiy hukumat moliya tashkilotlari hisobidan amalga oshirilgan loyihalar uchun QQS boʻyicha imtiyoz Soliq kodeksining 483-moddasiga kiritilgan.

QQS boʻyicha bir qator imtiyozlar bekor qilindi.

2024-yil 1-apreldan boshlab tibbiyot, veterinariya, kommunal хizmatlar va dori-darmon vositalarini realizatsiya qilishda QQS boʻyicha imtiyozlar bekor qilinadi.

QQS toʻlovchilari doirasi kengaytirildi.

Chet ellik yakka tartibdagi tadbirkorlar QQS toʻlovchilariga aylanishdi. 

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik 

xizmat ko‘rsatish markazi. 

 

 

 

Boshqa maqolalar

EKOLOGIK VA GEMATOLOGIK KASALLIKLARGA CHALINGAN BOLALARNI

personmaftuna 23-06-25, 02:28
0 EKOLOGIK VA GEMATOLOGIK KASALLIKLARGA CHALINGAN BOLALARNI SOG'LOMLASHTIRISHGA KO'MAKLASHISH JAMG'ARMASI TASHKIL ETILDI

“Onkologik, gematologik va immunologik kasalliklarga chalingan bolalarga tibbiy yordam ko'rsatishni yanada...

DAVLAT HOKIMIYATI VA BOSHQARUVI ORGANLARINING OCHIQ HAY’AT

personmaftuna 28-06-24, 16:55
0 DAVLAT HOKIMIYATI VA BOSHQARUVI ORGANLARINING OCHIQ HAY’AT MAJLISLARIDA AXBOROTDAN FOYDALANUVCHILARNING HOZIR BO‘LISHI UCHUN SHAROITLAR YARATISH QANDAY BO’LADI ?

O‘zbekiston Respublikasining “ Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida ”gi...

SOLIQNING O‘RNINI QOPLASH

personmaftuna 19-03-24, 00:57
0 SOLIQNING O‘RNINI QOPLASH

Soliq Kodeksning 272-moddasiga muvofiq o‘rni qoplanishi lozim bo‘lgan soliq summasi, agar ushbu moddada boshqacha qoida...

menu
menu