Kuzatuvchi » Siyosiy » BOLANING NASL-NASABINI BELGILASH ASOSLARI QANDAY?

BOLANING NASL-NASABINI BELGILASH ASOSLARI QANDAY?

Ozbekiston Respublikasi Oila kodeksining 60-moddasiga asosan, bolaning shu onadan tug‘ilganligi (onalik) fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish organi tomonidan tibbiy muassasaning hujjatlariga ko‘ra, bola tibbiy muassasada tug‘ilmagan holda esa, boshqa dalillarga asosan belgilanadi.

Ayolning nikoh tuzilgandan keyin yoki erining o‘limi, nikohdan ajratilganligi yoxud nikoh haqiqiy emas deb topilganligi tufayli nikoh tugaganidan so‘ng uch yuz kun ichida tug‘ilgan bolasi nikohda tug‘ilgan bola hisoblanadi.

Agar nikoh tugaganidan keyin uch yuz kun ichida bola tug‘ilsa va bu davrda ayol yangi nikohga kirgan bo‘lsa, bola yangi nikohda tug‘ilgan hisoblanadi. Bunday hollarda sobiq er yoki uning ota-onasi bolaning nasl-nasabi xususida nizolashish huquqiga ega.

 

T.DAVLETOV, 

Shovot tumani yuridik xizmat korsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

IТ-СЕРТИФИКАТ ОЛИШ ХАРАЖАТЛАРИНИ ЯИДХП ОРҚАЛИ ҚОПЛАШ МУМКИН

personmaftuna 24-04-24, 23:59
0 IТ-СЕРТИФИКАТ ОЛИШ ХАРАЖАТЛАРИНИ ЯИДХП ОРҚАЛИ ҚОПЛАШ МУМКИН

Вазирлар Маҳкамасининг 17.02.2024 йилдаги “Халқаро IТ-сертификатларга эга бўлган ёш мутахассисларни рағбатлантиришга...

FUQAROLAR TIBBIY YORDAMNI ELEKTRON NAVBAT ASOSIDA BEPUL

personmaftuna 23-06-25, 02:53
0 FUQAROLAR TIBBIY YORDAMNI ELEKTRON NAVBAT ASOSIDA BEPUL OLISH HUQUQIGA EGA BO'LADI

“Davlat tibbiy sug'urtasi mexanizmlarini joriy etishga oid chora-tadbirlar to'g'risida”gi PQ-311-son Prezident Qaroriga...

O‘QITUVCHILARNING TARIFIKATSIYA RO‘YXATINI SHAKLLANTIRISH

personmaftuna 30-09-24, 11:35
0 O‘QITUVCHILARNING TARIFIKATSIYA RO‘YXATINI SHAKLLANTIRISH MAQSADIDA UMUMTA’LIM MUASSASASI TOMONIDAN HAR YILI QANDAY MA’LUMOTLAR KIRITILGAN BO’LISHI KERAK?

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi...

menu
menu