Kuzatuvchi » Siyosiy » QARINDOSHLIK NIMA ?

QARINDOSHLIK NIMA ?

Ozbekiston Respublikasi Oila kodeksining 57-moddasiga asosan, bir umumiy uchinchi shaxsdan (ajdoddan) kelib chiqqan shaxslar qarindoshlar hisoblanadi. Ikki shaxs o‘rtasidagi to‘g‘ri shajara bo‘yicha qarindoshlikning yaqinligi qarindoshlik darajasi, ya’ni tug‘ilish soni bilan belgilanadi.

Bolalar ota-onasiga nisbatan to‘g‘ri shajaradagi birinchi, nevara bobosiga, buvisiga nisbatan — ikkinchi, evara katta bobosiga, katta buvisiga nisbatan — uchinchi darajadagi qarindosh hisoblanadi.

Aka-uka, opa-singil, ularning bolalari, ota-onaning aka-uka va opa-singillari hamda ularning bolalari, bobo va buvilarning aka-uka hamda opa-singillari va ularning bolalari va shunga o‘xshashlar yon shajara bo‘yicha qarindoshlar hisoblanadi.

To‘g‘ri shajara bo‘yicha qarindoshlar yon shajara bo‘yicha qarindoshlarga nisbatan yaqinroqdir.

Ikki shaxs o‘rtasida qarindoshlikning uzoq-yaqinligini aniqlashda, darajalarning soni yoki shu shaxslardan birining o‘zini hisobga qo‘shmay turib, undan kelib chiqqan avlodlar soni hisobga olinadi.

Hisob ajdodlar tomon to‘g‘ri shajara bo‘yicha ular uchun umumiy bo‘lgan shaxsga (ajdodga) qarab va undan esa, avlodlar tomon — ulardan boshqasiga qarab olib boriladi.

Tug‘ishgan aka-uka va opa-singil qarindoshlikning ikkinchi darajasida, tog‘a va amaki, amma va xola o‘z jiyanlari bilan qarindoshlikning — uchinchi, tog‘avachcha, amakivachcha, ammavachcha va xolavachchalar esa — to‘rtinchi darajasida turadilar.

 

T.DAVLETOV, 

Shovot tumani yuridik xizmat korsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLAR JAMOAT TRANSPORTIDA

personmaftuna 16-12-24, 11:26
0 NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLAR JAMOAT TRANSPORTIDA HARAKATLANGANIDA QANDAY IMTIYOZLAR MAVJUD?

Maktabgacha yoshdagi bolali yo‘lovchilar, homilador ayollar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va keksa fuqarolar uchun...

QANDAY HOLLARDA MA’MURIY SUDLARDA DAVLAT BOJINI TO’LASHDAN

personmaftuna 21-03-25, 16:16
0 QANDAY HOLLARDA MA’MURIY SUDLARDA DAVLAT BOJINI TO’LASHDAN OZOD QILISH TARTIBI QO’LLANISHI HAQIDA HUQUQIY MA’LUMOT BERSANGIZ ?

Tadbirkorlik subyektlari — tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq huquqlari va qonuniy manfaatlarini...

ХОТИН-ҚИЗЛАРГА БЕРИЛАДИГАН ИМТИЁЗЛАР ҲАҚИДА ХАБАРДОРМИСИЗ?

personmaftuna 21-03-24, 23:25
0 ХОТИН-ҚИЗЛАРГА БЕРИЛАДИГАН ИМТИЁЗЛАР ҲАҚИДА ХАБАРДОРМИСИЗ?

Ўзбекистон Республикасининг 03.09.1993 йилдаги 938-XII-сон қонунига асосан технологиядаги, ишлаб чиқариш ва меҳнатни...

menu
menu