FAMILYA, ISM VA OTA ISMINI O‘ZGARTIRISH OQIBATLARINI BILASIZMI?
O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 227-moddasiga asosan, familiya, ism va ota ismi o‘zgartirilganda fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish daftarlari yozuvlariga tegishli o‘zgartishlar kiritadi. Er (xotin)ning familiyasi o‘zgartirilishi (unga nisbatan otalik belgilanganda ham) xotin (er)ning hamda uning voyaga yetgan bolalari familiyasini o‘zgartirishga sabab bo‘lmaydi. Ota-ona har ikkalasining familiyasi o‘zgartirilganda ularning o‘n olti yoshga to‘lmagan bolalari familiyasi ham o‘zgartiriladi. Agar ota-onadan biri o‘z familiyasini o‘zgartirsa, ularning o‘n olti yoshga to‘lmagan bolalari familiyasini o‘zgartirish masalasi ota-onaning kelishuviga binoan, bunday kelishuv bo‘lmaganda esa, vasiylik va homiylik organlari tomonidan hal etiladi. Ota ismining o‘zgartirilishi uning o‘n olti yoshga to‘lmagan bolalarining ota ismi albatta o‘zgartirilishiga sabab bo‘ladi.
K.ISMOILOV,
Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.
Boshqa maqolalar
ENDI HAFTANING HAR CHORSHANBASIDA HUQUQIY TARG‘IBOT KUNI
personmaftuna 29-06-24, 06:38"Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham...
MAKTABGACHA TAʼLIM VA TARBIYANI RIVOJLANTIRISH UCHUN
personmaftuna 30-09-24, 01:38Xalqimiz yoshlikda olingan bilimni toshga uyilgan naqshga qiyoslaydi. Zero, taʼlimning boshlang‘ich asosi bo‘lgan...
HAQ TO‘LANADIGAN JAMOAT ISHLARIGA MAJBURIY RAVISHDA JALB
personmaftuna 29-05-24, 02:58Haq to‘lanadigan jamoat ishlariga majburiy ravishda jalb etish huquqbuzarni ijtimoiy foydali jamoat ishlarini...