ENDI HAFTANING HAR CHORSHANBASIDA HUQUQIY TARG‘IBOT KUNI O‘TKAZILADI
"Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida"gi Prezident Farmoni (PF-80-son, 24.05.2024 y.) qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, mahallalarda haftaning har chorshanba kuni huquqiy targ‘ibot kuni etib belgilandi.
Huquqiy targ‘ibot kunida quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
"Online-mahalla" platformasiga kiritilgan va joylarda aniqlangan muammolarning huquqiy yechimlariga qaratilgan manzilli huquqiy targ‘ibot tadbirlarini tashkil qilish;
aholi uchun eng dolzarb masalalarni aniqlash orqali ular yuzasidan huquqiy tushuntirish va maslahatlar berish;
ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari uchun imtiyozlar va moddiy yordam berish, nafaqa tayinlash, ishsizlikdan himoyalanish, vaqtinchalik ish bilan ta’minlash, ijtimoiy yordam olish tartibi bo‘yicha tizimli huquqiy targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish;
kundalik hayotda eng ko‘p zarur bo‘ladigan davlat xizmatlaridan foydalanish tartibi hamda ulardan YAIDXP (my.gov.uz) va boshqa elektron resurslar orqali foydalanishning afzalliklari to‘g‘risida huquqiy targ‘ibot tadbirlarini tashkil qilish.
T. O‘RAZBOYEV,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
BOLALAR QANDAY HUQUQLARGA EGA?
personmaftuna 17-12-24, 11:01Yashash huquqi har bir bolaning uzviy huquqidir. Bola hayotiga suiqasd qilish eng og‘ir jinoyatdir. Davlat sog‘lom...
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI TOMONIDAN 29-FEVRAL
personmaftuna 12-03-24, 02:21Qonunga ko‘ra daraxtlar va butalarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish bilan bog‘liq...
ICHKI ISHLAR ORGANLARIGA OLIB KELINGAN SHAXSLARNI
personmaftuna 29-09-24, 20:29O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.04.2024-yildagi 190-son “Ichki ishlar organlarining navbatchilik...