MAKTABGACHA TAʼLIM VA TARBIYANI RIVOJLANTIRISH UCHUN SHART-SHAROITLAR YARATISHINING KONSTITUTSIYAVIY KAFOLATLARI
Xalqimiz yoshlikda olingan bilimni toshga uyilgan naqshga qiyoslaydi. Zero, taʼlimning boshlang‘ich asosi bo‘lgan maktabgacha taʼlim inson kamolotida beqiyos ahamiyatga ega. Shu bois, so‘nggi yillarda ushbu taʼlim turi tubdan isloh etildi.
Mutaxassislarning taʼkidlashicha, bog‘cha tarbiyasi nafaqat bolaning o‘ziga, balki uning ota-onasiga ham, qolaversa, butun jamiyat hayotiga ham ijobiy taʼsir ko‘rsatadi.
Yangilangan Konstitutsiyamizning 50-moddasida davlat maktabgacha taʼlim va tarbiyani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi, degan muhim norma mustahkamlandi. Mazkur kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra davlatga quyidagi majburiyatlar yuklatildi:
birinchidan, davlat maktabgacha taʼlim va tarbiyani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi. Yaʼni, davlat tomonidan ushbu taʼlim tashkilotlarini rivojlantirish uchun iqtisodiy va tashkiliy, huquqiy ko‘mak ko‘rsatiladi. So‘nggi yillardagi davlatning qo‘llab-quvvatlovi natijasida bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish darajasi 2016-yildagi 27,7 foizdan 71,8 foizga, maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni 5211 tadan 29 mingdan ziyodga yetkazildi. 2022-yilda “Finance Inquirer” nashri bolalarni maktabgacha taʼlim muassasalariga jalb qilish bo‘yicha eng yaxshi dinamikaga ega bo‘lgan dunyodagi eng peshqadam 10 ta davlatni eʼlon qildi. Unda O‘zbekiston jahon reytingida birinchi o‘rinni egalladi;
ikkinchidan, maktabgacha taʼlim va tarbiya ham davlat nazoratida bo‘lishi belgilandi. Yaʼni, maktabgacha taʼlim sohasida bolalarni intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan har tomonlama rivojlantirish uchun zarur sharoitlar yaratish, o‘quv jihozlari bilan taʼminlash, bolalarni sog‘lom oziq-ovqat, sifatli tibbiy parvarishlash xizmati va boshqa moddiy vositalar bilan taʼminlash ishlari doimiy nazoratga olinadi.
Maktabgacha taʼlim va tarbiyani rivojlantirishga oid qoidalar Shveysariya, Litva kabi davlatlarning konstitutsiyalarida ham belgilab qo‘yilgan.
Y.XO‘JAMURATOVA,
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
DUNYOVIY DAVLATDA UMUMJAMIYAT MANFAATLARI VA VIJDON
personmaftuna 28-04-25, 13:04Konsepsiyaga ko'ra, dunyoviy davlatda umumjamiyat manfaatlari quyidagilarni qamrab oladi, jumladan: har bir insonning...
DAVLAT MULKINI IJARAGA BERISH SOHASIDAGI JAVOBGARLIK
personmaftuna 30-09-25, 11:56Davlat mulki - davlat korxonalari va budjet tashkilotlari balansidagi mol-mulk, shuningdek yuridik shaxslarning ommaviy...
FUQAROLARNI TURAR JOYDAN FOYDALANISH HUQUQINI YO‘QOTGAN DEB
personmaftuna 19-09-24, 00:25Vazirlar Mahkamasining 29.08.2023 yil kungi 426-son qarori bilan Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan...
