ISSIQXONA GAZLARINING CHIQARILISHI CHEKLANADI
O‘zbekiston Respublikasining 07.07.2025-yildagi “Issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash to‘g‘risida”gi O‘RQ–1073-sonli qonuni qabul qilindi.
Qonunga ko‘ra, issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash choralari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
davlat hisobini yuritish;
maqsadli ko‘rsatkichlarni belgilash;
issiqxona gazlarining chiqarilishini qisqartirish va ularning tutib qolinishini oshirish bo‘yicha faoliyatni qo‘llab-quvvatlash.
Shuningdek, yuridik shaxslar, YaTT va jismoniy shaxslar “yashil” loyihalarni amalga oshirish huquqiga ega.
O‘zbekiston hududida amalga oshiriladigan “yashil” loyihalar natijasida qisqartirilgan issiqxona gazlari davlat tomonidan to‘liq tasarruf etiladi.
"Yashil" loyihalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar uglerod birliklari reestriga kiritiladi.
Bundan tashqari, Qonunda “yashil” loyihani amalga oshirish to‘g‘risidagi hisobotda ko‘rsatilgan “yashil” loyihani bajarish natijasida hosil bo‘lgan uglerod birliklari verifikatsiya qilinishi ko‘zda tutilgan.
I.RAXIMBERGANOV,
Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
ИНСОН ҲАЁТИ ВА СОҒЛИГИГА ЮҚОРИ ХАВФ СОЛУВЧИ ОМИЛЛАР РЕЕСТРИ
personmaftuna 19-03-25, 06:08Ҳукумат қарори (66-сон, 06.02.2025 й.) билан “Инсон ҳаёти ва соғлигига юқори хавф солувчи омиллар реестрини...
БИЛАСИЗМИ?
personmaftuna 27-06-24, 23:58Қонунчиликка кўра, боланинг ҳуқуқлари, эркинликлари ва қонуний манфаатларини таъминлаш ҳамда ҳимоя қилиш, унинг...
MILLIY DAVLATCHILIGIMIZNING UCH MING YILDAN ZIYOD TARIXINI
personmaftuna 24-07-24, 01:56“Kinematografiya sohasini yanada rivojlantirish hamda mamlakatimiz tarixiga bag'ishlangan filmlar turkumini yaratishga...