QISHLOQ XO‘JALIGI EKINLARI URUG‘LIKLARINING SIFATINI BAHOLASH TIZIMI TUBDAN ISLOH QILINADI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 07.07.2025-yildagi “Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘liklarining sifatini baholash tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-109-sonli farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘liklarining sifatini baҳolashda raqamli QR kodli yorliqlash, shuningdek, urug‘liklarni yetishtirish va realizatsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar reestrini yuritishga asoslangan yangi tizim joriy etiladi.
“Qishloq xo‘jaligi maҳsulotlari sifatini baҳolash markazi” davlat muassasasi qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘liklarining sifatini baholovchi yagona vakolatli tashkilot sifatida belgilandi.
2026-yil 1-yanvardan Bojxona qo‘mitasi tomonidan raqamli QR kodli yorliqlanmagan va ijobiy ekinboplik xulosasi olinmagan import qilinayotgan qishloq xo‘jaligi ekinlarining urug‘liklarini “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga rasmiylashtirish taqiqlanadi.
2026-yildan QR kodli yorliqlanmagan va ijobiy ekinboplik xulosasi olinmagan qishloq xo‘jaligi ekinlarining urug‘liklarini realizatsiya qilgan tadbirkorlarga BHMning 150 baravarigacha ma’muriy jarima qo‘llanadi.
T. EGAMBERGANOV,
Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
“YAGONA INTEGRASIYALASHGAN EKOTIZIM” AXBOROT TIZIMI ISHGA
personmaftuna 13-06-25, 01:06“Sanoat, radiasiya va yadro xavfsizligi sohasida davlat nazoratini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha...
ALIMENT OLAYOTGAN ONAGA “BOLA PULI” BERILMAYDIMI?
personmaftuna 08-12-24, 13:07Bolalar nafaqasi olish uchun ariza yozmoqchi edim. Turmushimdan ajralganman. Farzandimga otasi aliment to‘laydi....
ҚИММАТЛИ ҚОҒОЗЛАР БОЗОРИДА ҲИЙЛА-НАЙРАНГНИ ОЛДИНИ ОЛИШ
personmaftuna 07-06-25, 19:56“Қимматли қоғозлар бозорида ҳийла-найрангни олдини олиш” қоидалари Адлия вазирлигида давлат рўйхатидан ўтказилди...