ALIMENT OLAYOTGAN ONAGA “BOLA PULI” BERILMAYDIMI?
Bolalar nafaqasi olish uchun ariza yozmoqchi edim. Turmushimdan ajralganman. Farzandimga otasi aliment to‘laydi. Tanishlarim aliment olayotganim sababli menga "bola puli" berilmasligini aytishdi. Shu to‘g‘rimi?
— Bolalar nafaqasi olish uchun ariza yozmoqchi edim. Turmushimdan ajralganman. Farzandimga otasi aliment to‘laydi. Tanishlarim aliment olayotganim sababli menga "bola puli" berilmasligini aytishdi. Shu to‘g‘rimi? Qonunchilikda alimentlar oilaning bir oylik o‘rtacha jami daromad miqdorini hisoblab chiqishda inobatga olinadi, deb ko‘rsatilgan. Shunga ko‘ra, olingan aliment oilaga "bola puli" berilishi uchun daromad sifatida hisobga olinishi to‘g‘ri, lekin hech bir hujjatda aliment olingani uchun nafaqa berilmaydi, degan norma keltirilmagan. O‘sha olingan aliment oilaning boshqa daromadlari bilan qo‘shib hisoblaganda oila a’zolari soniga minimal iste’mol xarajatlari miqdoridan oshmasa, ya’ni xozirgi kunda 648 ming so‘mdan oshib ketmasa bo‘ldi, qonunchilikning boshqa talablaridan kelib chiqib bolalar nafaqasi berilishi mumkin.
Tursunboy URAZBAYEV,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
MAMLAKATDA KOʻCHMAS MULKNI OMMAVIY BAHOLASH OʻTKAZILADI
personmaftuna 19-05-25, 23:24Prezident tomonidan 05.03.2025-yildagi «Koʻchmas mulkni ommaviy baholash tizimini joriy etish toʻgʻrisida»gi PF-43-son...
YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI VAZIRLAR MAHKAMASI TASARRUFIGA
personmaftuna 21-03-24, 11:37Prezidentning 20.01.2024-yildagi PF-18-sonli «Yoshlar siyosati va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini...
MUAYYAN SUBYEKTLARGA ELEKTR ENERGIYASI UCHUN ALOHIDA TOʻLOV
personmaftuna 21-02-25, 09:45O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.09.2024-yildagi “Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan...