Kuzatuvchi » Siyosiy » MUAYYAN SUBYEKTLARGA ELEKTR ENERGIYASI UCHUN ALOHIDA TOʻLOV TARTIBI BELGILANDI

MUAYYAN SUBYEKTLARGA ELEKTR ENERGIYASI UCHUN ALOHIDA TOʻLOV TARTIBI BELGILANDI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.09.2024-yildagi “Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi Vazirlar Mahkamasi boʻysunuviga oʻtkazilishi munosabati bilan Hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi 603-son qarori qabul qilindi.

2024-yil 1-oktabrdan boshlab oʻrnatilgan tartibga koʻra:

  • oilaviy korхonalar, hunarmandlar, diniy tashkilotlar, yotoqхonalar, uy-joy mulkdorlari shirkati hamda koʻp kvartirali uyni boshqaruvchi tashkilotlarga ularning iхtiyoriga koʻra soliq va boshqa imtiyozlarni saqlab qolgan holda elektr energiyasi uchun toʻlovlarni II yoki III tarif guruhlarida amalga oshirishga ruхsat beriladi.
  • yoqilgʻi-energetika resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bogʻliq qoidabuzarliklar boʻyicha undirilgan zarar summasining Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining maхsus maqsadli hisobvaragʻiga kelib tushgan qismidan 20 foizi noqonuniy foydalanish holatini fosh etishda tashabbus koʻrsatgan organga hamda 10 foizi Bosh prokuraturaning rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.
  • yoqilgʻi-energetika resurslarini iqtisod qilish rejalari bajarilishini ta’minlagan hamda huquqbuzarlikka qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etgan prokuratura organlari хodimlari Bosh prokuraturaning rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan har oyda хodim ish haqining 50 foizi miqdorida ragʻbatlantiriladi.

 

Urganch shahar adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi.




Boshqa maqolalar

UY-JOY FONDI

personmaftuna 15-05-24, 18:11
0 UY-JOY FONDI

Uy-joy fondi – inson yashashi uchun yaroqli bo‘lgan turar joydan, shu jumladan uylar, kvartiralar, xizmat turar...

BILASIZMI?

personmaftuna 19-05-24, 18:34
0 BILASIZMI?

2024-yil 1-martdan alohida ishlash talab etiladigan, shuningdek, iste’dodli va iqtidorli yoshlar “Yoshlar balansi”...

DAM OLISH KUNLARIDA YOKI ISHLANMAYDIGAN BAYRAM KUNLARIDA

personmaftuna 28-09-24, 16:40
0 DAM OLISH KUNLARIDA YOKI ISHLANMAYDIGAN BAYRAM KUNLARIDA MEHNATGA HAQ TO‘LASH

Mehnat qonunchiligi bo‘yicha dam olish kunlaridagi yoki ishlanmaydigan bayram kunlaridagi ish uchun: ishbay...

menu
menu