Kuzatuvchi » Siyosiy » MOLIYAVIY XAVFLARNI ANIQLASH, BAHOLASH VA BOSHQARISH TARTIBI BELGILANDI

MOLIYAVIY XAVFLARNI ANIQLASH, BAHOLASH VA BOSHQARISH TARTIBI BELGILANDI

 “Moliyaviy va boshqa xavflarni aniqlash, baholash va boshqarish tartibi to‘g‘risida” gi 29.04.2025-yildagi 279-sonli nizom bilan Hukumat qarori tasdiqlandi.

Nizom vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari (respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari) faoliyatidagi moliyaviy va boshqa xavflarni aniqlash, baholash va boshqarish tartibini belgilaydi.

Nizomga ko‘ra, Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organida xavflar Xavflarni boshqarish qo‘mitasi tomonidan boshqariladi.

Xavflar quyidagi tartibda baholanadi:

xavf ta’sirini aniqlash;

 xavf ehtimolini aniqlash;

 xavf ta’siri va ehtimoli natijalarini o‘zaro bir-biriga ko‘paytirish orqali xavf darajasini hisoblash.

Xavf ta’sirini aniqlashda quyidagi omillarga belgilangan mezonlar asosida 1 - 3 ball beriladi:

xavfni boshqarish bo‘yicha tashkilot nazorati;

tashkilotning ushbu xavf yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan funksiyasining avtomatlashgani;

xavfning yuzaga kelishida normativ-huquqiy hujjatlardagi bo‘shliqlarning mavjudligi.

 Bunda 3 ball tegishli xavf ta’sirining eng yuqori darajasini va 1 ball eng past darajasini bildiradi.

 

R.EGAMBERDIYEV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

Boshqa maqolalar

YERGA NISBATAN XUSUSIY MULK HUQUQINING KONSTITUTSIYAVIY

personmaftuna 19-05-24, 20:35
0 YERGA NISBATAN XUSUSIY MULK HUQUQINING KONSTITUTSIYAVIY KAFOLATLARI

Bozor iqtisodiyotiga asoslangan har bir davlatda xususiy mulk iqtisodiyotni rivojlantirish va mamlakatni taraqqiy...

OILA VA ХOTIN-QIZLAR QOʻMITASI TOʻGʻRISIDAGI NIZOM

personmaftuna 30-09-24, 10:57
0 OILA VA ХOTIN-QIZLAR QOʻMITASI TOʻGʻRISIDAGI NIZOM TASDIQLANDI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.08.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oila va хotin-qizlar...

AGAR SHAXS NOQONUNIY RAVISHDA MA'MURIY JAVOBGARLIKKA

personmaftuna 08-02-25, 00:58
0 AGAR SHAXS NOQONUNIY RAVISHDA MA'MURIY JAVOBGARLIKKA TORTILGAN BOʻLSA UNGA YETKAZILGAN ZARAR DAVLAT TOMONIDAN QOPLANADI

Ma'muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 302-moddasiga asosan, ➖ Ma'muriy javobgarlikka qonunga xilof ravishda...

menu
menu