NOGIRONLIGI BO'LGAN SHAXSLARNING ODIL SUDLOVDAN FOYDALANISHGA BO'LGAN HUQUQLARINI TA'MINLASH UCHUN QO'SHIMCHA SHAROITLAR YARATILADI
Prezident tomonidan imzolangan O'RQ-955-son Qonun bilan “Nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlari to'g'risida”gi Qonunga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritildi
Qonunga kiritilgan qo'shimcha va o'zgartirishlarga ko'ra:
Davlat nogironligi bo'lgan shaxslar uchun boshqalar bilan teng ravishda odil sudlovdan foydalanish imkoniyatini ta'minlaydi, shu jumladan sud protsessining barcha bosqichlarida, shuningdek surishtiruv va dastlabki tergov bosqichlarida nogironligi bo'lgan shaxslarning qonunda belgilangan tartibda bevosita yoki bilvosita ishtirok etishini ta'minlashga qaratilgan choralarni ko'radi.
Nogironligi bo'lgan shaxslarning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida bevosita yoki o'z vakillari orqali ishtirok etishi, shu jumladan qonunda belgilangan tartibda saylash va saylanish, referendumlarda ishtirok etish huquqi ta'minlanadi.
Davlat saylov uchastkalarida (referendum uchastkalarida) nogironligi bo'lgan shaxslarning barcha toifalari, shu jumladan eshitish, ko'rish bo'yicha nogironligi bo'lgan, o'rindiqli aravachalardan foydalanuvchi shaxslar ovoz berishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini ta'minlaydi.
Ilgari bunday normalar mavjud emas edi.
Bundan tashqari, Qonun nogironligi bo'lgan shaxslar bilan muloqot qilish uchun qulay muloqot shakllarini, shuningdek ijtimoiy infratuzilma obyektlarini nogironligi bo'lgan shaxslarning ularga moneliksiz kirishi uchun moslashtirish asoslarini belgilovchi normalar bilan to'ldirilmoqda.
J.ABDUKARIMOV,
Boshqa maqolalar
ТАДБИРКОРЛИКНИ ЙЎЛГА ҚЎЙИШГА КЎМАКЛАШИШ ҚУЙИДАГИ
personmaftuna 14-12-24, 11:41а) ўқув курсларини ташкил этиш орқали тадбиркорлик фаолиятини йўлга қўйиш истагини билдирган ва хотин-қизларнинг...
PENSIYALAR TAYINLASH MUDDATLARI
personmaftuna 13-04-24, 02:27Pensiyalar: a) yoshga doir pensiya — agar pensiya olish huquqi paydo bo‘lgan kundan boshlab oltmish kun ichida uni...
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING BANDLIGIGA KO‘MAKLASHISH
personmaftuna 17-08-24, 02:36Nogironligi bo‘lgan shaxslar ishlari bo‘yicha idoralararo kengash tashkil etildi. Uning tarkibiga Qoraqalpog‘iston...