Kuzatuvchi » Siyosiy » PENSIYALAR TAYINLASH MUDDATLARI

PENSIYALAR TAYINLASH MUDDATLARI

Pensiyalar:

a) yoshga doir pensiya — agar pensiya olish huquqi paydo bo‘lgan kundan boshlab oltmish kun ichida uni so‘rab murojaat etilgan bo‘lsa, pensiya yoshiga to‘lgan kundan e’tiboran tayinlanadi. Ushbu pensiya umrbod tayinlanadi;

b) nogironlik pensiyasi — agar nogironlik belgilangan kundan e’tiboran oltmish kundan kechiktirmay pensiya so‘rab murojaat etilgan bo‘lsa, tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari nogironlikni belgilagan kundan e’tiboran tayinlanadi. Ushbu pensiya butun nogironlik davri uchun tayinlanadi. Nogironligi bo‘lgan 60 yoshdan oshgan erkaklarga va 55 yoshdan oshgan ayollarga — nogironlik pensiyalari umrbod tayinlanadi. Ushbu nogironligi bo‘lgan shaxslarni qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish faqat ularning arizasiga binoan amalga oshiriladi;

v) boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi — pensiya olish huquqi paydo bo‘lgan kundan boshlab, lekin pensiya tayinlanishi uchun murojaat etishdan oldingi 6 oydan oshmagan muddatdan e’tiboran tayinlanadi. Pensiya ushbu fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida qonunning 19-moddasiga muvofiq marhumning oila a’zosi mehnatga qobiliyatsiz deb hisoblangan butun davr uchun, oilaning: erkaklar — 60 yoshga, ayollar — 55 yoshga to‘lgan a’zolari uchun esa — umrbod tayinlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi hududida belgilangan tartibda karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi va tarqalishi munosabati bilan cheklovchi choralar (karantin) joriy etilganda, agar fuqarolar cheklovchi choralar (karantin) davrida yoki ular tugatilgandan keyin pensiya tayinlashni so‘rab bir oy ichida murojaat qilgan bo‘lsa, ularga pensiya uni olish huquqi yuzaga kelgan kundan e’tiboran tayinlanadi.

Boshqa barcha hollarda pensiya murojaat etilgan kundan e’tiboran tayinlanadi.

Bir pensiyadan boshqasiga o‘tkazish pensioner tegishli ariza va barcha zarur hujjatlar bilan murojaat etgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan e’tiboran amalga oshiriladi.

 

Yangibozor tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

 

Boshqa maqolalar

“ISHCHI VIZA”NI RASMIYLASHTIRISH UCHUN KOMPENSATSIYA

personmaftuna 04-06-24, 14:19
0 “ISHCHI VIZA”NI RASMIYLASHTIRISH UCHUN KOMPENSATSIYA BERILADI

Farmonga ko'ra (PF-59-son, 04.04.2024 y.)2024-yil 1-iyundan: “Xorijda ish” mehnat migratsiyasi elektron dasturiy...

KIMLAR PЕDAGOGIK FAOLIYAT BILAN SHUG‘ILLANISHI MUMKIN EMAS?

personmaftuna 21-03-24, 10:15
0 KIMLAR PЕDAGOGIK FAOLIYAT BILAN SHUG‘ILLANISHI MUMKIN EMAS?

Prezident tomonidan imzolangan “Pedagogning maqomi to‘g‘risida” gi O‘RQ-901-son qonunga ko‘ra, quyidagi shaxslarning...

TEMIR YOʻL TRANSPORTIDA BOJХONA KOʻRIGI QANCHA DAVOM ETISHI

personmaftuna 19-05-25, 10:28
0 TEMIR YOʻL TRANSPORTIDA BOJХONA KOʻRIGI QANCHA DAVOM ETISHI KERAK?

Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Markaziy bank va Transport vazirligining «Temir yoʻl transporti yoʻlovchilarining qoʻl...

menu
menu