DAVLAT ORGANLARI VA TASHKILOTLARINING OCHIQLIGI MONITORING QILINADI
Hukumat qarori (910-son, 30.12.2024-y.) bilan “Davlat organlari va tashkilotlarining ochiqlikni ta'minlash sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan majburiyatlarga rioya etilishini masofadan monitoring qilish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi.
Nizom quyidagilarni nazarda tutadi: masofadan monitoring qilish asoslari;masofadan monitoring qilish tartibi va muddatlari; masofadan monitoring qilish natijalarini rasmiylashtirish va koʻrib chiqish; masofadan monitoring qilish yakuni boʻyicha aniqlangan holatlar yuzasidan ta'sir choralarini qoʻllash. Davlat organlari va tashkilotlarining ochiqlikni ta'minlash sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan majburiyatlarga rioya etilishi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan masofadan monitoring qilinadi. Masofadan monitoring qilish rejali va rejadan tashqari asoslarda oʻtkaziladi. Agentlik davlat organlari va tashkilotlarini masofadan monitoring qilish boshlanganligi yoki oʻtkazilayotganligi haqida oldindan ogohlantirmaydi (xabardor qilmaydi). Masofadan monitoring qilish yakuni (natijasi) boʻyicha qonunchilik hujjatlarining buzilishi aniqlangan holatlar yuzasidan ma'lumotnoma rasmiylashtiriladi. Ma'lumotnomada qayd etilgan qonunchilik hujjatlarining buzilishi Agentlikning huquqiy ta'sir hujjati shaklida monitoring qilingan davlat organi va tashkilotiga yuboriladi.
T.DAVLETOV,
Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
QURILISH CHOGʻIDA TUPROQ UNUMDORLIGI MUHOFAZA QILINADI
personmaftuna 21-02-24, 06:55Prezident tomonidan 02.02.2024 yildagi “Tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish toʻgʻrisida”...
BILASIZMI?
personmaftuna 26-01-24, 02:47Tug‘ilishni qayd etish FHDY organlarida bola tug‘ilgan kundan boshlab bir oy ichida amalga oshirilishi lozim....
YOʻL BOʻYIDAGI MAKTABLAR OLDIDA FOTORADARLAR OʻRNATILADI
personmaftuna 05-05-24, 12:15O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.03.2024-yildagi 148-son “Yoʻl harakati qoidalari buzilganligini ma х...