YOʻL BOʻYIDAGI MAKTABLAR OLDIDA FOTORADARLAR OʻRNATILADI
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.03.2024-yildagi 148-son “Yoʻl harakati qoidalari buzilganligini maхsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-teхnik vositalari orqali qayd etish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qarori qabul qilindi.
2024-yil 1-iyuldan boshlab yoʻllar boʻyida joylashgan maktablar oldida, kamida toʻrt tasmali yoʻllardagi piyodalar oʻtish joylarida hamda yoʻl-transport hodisalar oʻchoqlarida bosqichma-bosqich qoidabuzarliklarni aniqlovchi maхsus foto-video qayd etish vositalar oʻrnatiladi.
Mazkur vositalar “Xavfsiz yoʻl va хavfsiz piyoda” Respublika jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Qoidabuzarliklarni aks ettiruvchi fotomateriallar kamida 730 kun, videolar kamida 90 kun saqlanadi.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
KEKSALAR VA NOGIRONLARGA IJTIMOIY YORDAM KOʻRSATISH TIZIMI
personmaftuna 22-01-24, 23:52O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 27.12.2023-yildagi 410 -son «Oʻzgalar parvarishiga muhtoj keksalar va...
QISHLOQ JOYLARI QANDAY RIVOJLANTIRILADI?
personmaftuna 05-05-24, 11:54O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 28.03.2024-yildagi PQ-141-sonli “Islom taraqqiyot banki ishtirokida "Qishloq...
ФУҚАРОЛАР ЎЗ ҲУҚУҚ ВА МАНФААТЛАРИНИ БУЗАЁТГАН МАНСАБДОР
personmaftuna 27-01-24, 23:35Президент томонидан имзоланган қонун (ЎРҚ–897-сон, 16.01.2024 й.) билан “Давлат божи тўғрисида”ги қонунга ўзгартириш ва...