Hukumat qarori (910-son, 30.12.2024-y.) bilan “Davlat organlari va tashkilotlarining ochiqlikni ta'minlash sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan majburiyatlarga rioya etilishini masofadan monitoring qilish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi.
Nizom quyidagilarni nazarda tutadi: masofadan monitoring qilish asoslari;masofadan monitoring qilish tartibi va muddatlari; masofadan monitoring qilish natijalarini rasmiylashtirish va koʻrib chiqish; masofadan monitoring qilish yakuni boʻyicha aniqlangan holatlar yuzasidan ta'sir choralarini qoʻllash. Davlat organlari va tashkilotlarining ochiqlikni ta'minlash sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan majburiyatlarga rioya etilishi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan masofadan monitoring qilinadi. Masofadan monitoring qilish rejali va rejadan tashqari asoslarda oʻtkaziladi. Agentlik davlat organlari va tashkilotlarini masofadan monitoring qilish boshlanganligi yoki oʻtkazilayotganligi haqida oldindan ogohlantirmaydi (xabardor qilmaydi). Masofadan monitoring qilish yakuni (natijasi) boʻyicha qonunchilik hujjatlarining buzilishi aniqlangan holatlar yuzasidan ma'lumotnoma rasmiylashtiriladi. Ma'lumotnomada qayd etilgan qonunchilik hujjatlarining buzilishi Agentlikning huquqiy ta'sir hujjati shaklida monitoring qilingan davlat organi va tashkilotiga yuboriladi.
T.DAVLETOV,
Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.