Kuzatuvchi » Siyosiy » QONUN (OʻRQ-1013-SON, 24.12.2024-Y.) BILAN SOLIQ KODEKSIGA OʻZGARTIRISHLAR VA QOʻSHIMCHA KIRITILDI

QONUN (OʻRQ-1013-SON, 24.12.2024-Y.) BILAN SOLIQ KODEKSIGA OʻZGARTIRISHLAR VA QOʻSHIMCHA KIRITILDI

Qonunga koʻra, qoʻshimcha manbalardan daromad oluvchi byudjet tashkilotlari uchun belgilangan soliq stavkalarining amal qilishini 2027-yilning 1-yanvarigacha uzaytirilmoqda.  Shuningdek, jami daromadning chegaraviy miqdorini 5 milliard soʻmdan 10 milliard soʻmga oshirish, ushbu daromad mavjud boʻlganda soliq toʻlovchilar har oylik boʻnak toʻlovlarini toʻliq chorak oʻtganidan keyin toʻlashini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda. Prezident yoki Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan beriladigan byudjet subsidiyalari jami daromad tarkibiga kiritilmasligini belgilovchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda. Bundan tashqari oʻz mablagʻlari hisobidan nodavlat umumiy oʻrta ta'lim tashkilotlarining binolarini qurish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarga nisbatan foyda soligʻi boʻyicha vaqtinchalik (2025-yil 1-yanvardan 2030-yil 1-yanvargacha) soliq imtiyozlari berilmoqda. Shuningdek, belgilangan roʻyxat boʻyicha protez moslamalari va ularning butlovchi, ehtiyot qismlarini Oʻzbekistonga olib kirish (2027-yil 1-yanvargacha) hamda Oʻzbekiston rezidentlari boʻlgan vagonlar (konteynerlar) operatorlarining temir yoʻl transportida tashish jarayonida vagonlarni (konteynerlarni) ijara shartlari asosida foydalanishga berish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish aylanmasi QQSni toʻlashdan vaqtinchalik (2024-yil 1-noyabrdan 2026-yil 1-yanvargacha) ozod qilinishi nazarda tutilmoqda.

K.ISMOILOV,

Shovot tumani yuridik xizmat korsatish markazi boshlig‘i.

Boshqa maqolalar

KIMLARNI TA’TILDAN CHAQIRIB OLISHGA YOʻL QOʻYILMAYDI?

personmaftuna 20-03-24, 06:51
0 KIMLARNI TA’TILDAN CHAQIRIB OLISHGA YOʻL QOʻYILMAYDI?

Mehnat kodeksining 232-moddasiga muvofiq har yilgi mehnat ta’tilidan chaqirib olishga ta’tilning istalgan vaqtida faqat...

ДАВЛАТ ХАРИДЛАРИ ТИЗИМИДА ЖАМОАТЧИЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ

personmaftuna 30-07-24, 00:59
0 ДАВЛАТ ХАРИДЛАРИ ТИЗИМИДА ЖАМОАТЧИЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ

“Давлат харидлари тизимини такомиллаштириш ва унда кичик тадбиркорлик субъектлари иштирокини рағбатлантириш...

  XODIM SINOV MUDDATI DAVRIDA ISHDAN BOʻSHAGANDA NEUSTOYKA

personmaftuna 21-09-24, 07:08
0   XODIM SINOV MUDDATI DAVRIDA ISHDAN BOʻSHAGANDA NEUSTOYKA TOʻLAYDIMI?

Mehnat kodeksida mehnat shartnomasi taraflari mehnat shartnomasi muddatidan oldin tugatilganda neustoyka toʻlashi shart...

menu
menu