Kuzatuvchi » Siyosiy » IJTIMOIY VA ISHLAB CHIQARISH INFRATUZILMASI RIVOJLANTIRILADI

IJTIMOIY VA ISHLAB CHIQARISH INFRATUZILMASI RIVOJLANTIRILADI

“2025–2027 yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (454-son, 24.12.2024-y.) qabul qilindi. 

Qarorga koʻra, 2025-yil 1-yanvardan, byudjet tizimining byudjetlari hisobidan ob'ektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va ta'mirlash ishlari boʻyicha oʻtkazilgan davlat xaridlariga asosan qurilish muddati uch oydan kam boʻlgan ob'ektlarga birinchi oyda ob'ekt qiymatining 30 foizi miqdorida avans mablagʻlari ajratiladi, keyingi toʻlovlar belgilangan tartibda moliyalashtiriladi. 2026-yil 1-yanvargacha sinov tariqasida, loyiha-smeta hujjatlarining qiymati BHMning 6 ming baravaridan ortiq boʻlgan loyihalar (ob'ektlar) boʻyicha quyidagilar tomonidan ekspertizadan oʻtkaziladi: hajm, texnik va smeta qismi (narx qismidan tashqari) – “Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish respublika markazi” DM tomonidan; tovar, ish va xizmatlarning narx qismi –“Loyihalarni va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK tomonidan; BHMning 6 ming baravarigacha boʻlgan loyihalar (ob'ektlar) boʻyicha shaharsozlik hujjatlari “Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish respublika markazi” DM tomonidan.

T.DAVLETOV, 

Shovot tumani yuridik xizmat korsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

НУФУЗЛИ ХАЛҚАРО БРЕНДЛАРДАН ЖАЛБ ҚИЛИНГАН ТЕХНОЛОГ,

personmaftuna 01-09-25, 01:44
0 НУФУЗЛИ ХАЛҚАРО БРЕНДЛАРДАН ЖАЛБ ҚИЛИНГАН ТЕХНОЛОГ, ДИЗАЙНЕР, МАРКЕТОЛОГ КАБИ МУТАХАССИСЛАР УЧУН ЙИҒИМ УНДИРИЛМАЙДИ

Вазирлар Маҳкамасининг қарори (30-сон, 22.01.2025 й.) билан Ҳукуматининг айрим қарорларига ўзгартириш ва қўшимчалар...

ISH HAQI SAQLANMAYDIGAN TA’TIL

personmaftuna 29-11-24, 06:15
0 ISH HAQI SAQLANMAYDIGAN TA’TIL

Ish haqi saqlanmaydigan ta'til – bu xodimning ish beruvchidan ma’lum muddat davomida ta'tilga chiqishiga ruxsat so‘rash...

NIKOH SHARTNOMASI NIMA ?

personmaftuna 21-03-24, 10:17
0 NIKOH SHARTNOMASI NIMA ?

Oila kodeksining 29-moddasiga asosan, nikohlanuvchi shaxslarning yoki er va xotinning nikohda bo‘lgan davrida yoki er...

menu
menu