QONUN (OʻRQ-1012-SON, 24.12.2024 Y.) BILAN “2024 YIL UCHUN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT BYUDJETI TOʻGʻRISIDA”GI QONUNIGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITILDI
Unga koʻra, Qonunga ayrim toifadagi bemorlarga dori vositalarini bepul taqdim etish, madaniyat va san'atni rivojlantirish, Milliy futbol markazini tashkil etish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, innovasion sanoat zonalarini barpo etish, shuningdek innovasion va yuqori texnologiyali sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishini yoʻlga qoʻyish uchun mablagʻlar ajratilishini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda. Bundan tashqari Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi hajmi, Oʻzbekiston nomidan va kafolati asosida olinadigan davlat qarzining cheklangan hajmi oshirilmoqda. Davlat byudjetidan davlat maqsadli jamgʻarmalariga ajratiladigan transfertlar miqdorlari, ushbu jamgʻarmalarning daromadlari hamda xarajatlari oʻzgartirilmoqda. Oʻzbekiston Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda topshiriqlariga muvofiq mablagʻlarning bir qismini maqbullashtirish va ularni qoʻshimcha xarajatlarga yoʻnaltirish nazarda tutilmoqda. Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.
D.AZAMATOVA,
Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
“XABEAS KORPUS” INSTITUTINING KONSTITUTSIYAVIY KAFOLATI
personmaftuna 10-12-24, 11:35O‘z huquqlarini yaxshi bilmagan odamlar hibsga olinganda yoki tergov jarayonida nima qilish kerakligini bilmaydi....
YURIDIK KADRLARNI TAYYORLASH TIZIMI TAKOMILLASHTIRILDI
personmaftuna 03-06-24, 19:24Huquqshunoslar har bir mamlakatning huquqiy salohiyatini ko‘rsatuvchi faoliyat egalaridan biri bo‘lib hisoblanadi....
QONUNIY NIKOHSIZ SHARIY NIKOHLAGAN IMOMLARGA MA’MURIY VA
personmaftuna 19-09-24, 00:31O‘RQ–874-son, 31.10.2023 bilan Jinoyat hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga o‘zgartirish va...