KOʻP KVARTIRALI UYLARNI BOSHQARISH ORGANLARINING ELEKTRON REESTRI YURITILADI
Hukumat qarori (853-son) bilan Koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlarining elektron reestrini yuritish boʻyicha ma'muriy reglament tasdiqlandi.
Unga koʻra, koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlarining elektron reestrini shakllantirish va yuritish hamda koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlariga biriktirish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibi belgilandi. Bunda talabgor yoki boshqarish organi soʻrovnoma berish uchun Davlat xizmatlari markazlari yoki YaIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat etadi. Soʻrovnoma YaIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qat'i nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin. Davlat xizmati koʻrsatilganligi uchun BHMning 50 foizi (187 ming 500 soʻm) miqdorida Davlat xizmati koʻrsatilgani uchun yigʻim undiriladi. Soʻrovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarda notoʻgʻri ma'lumotlar koʻrsatilishi, shuningdek, belgilangan yigimni toʻlamaslik davlat xizmatlarini koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi. Elektron reestrga kirish uchun quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: talabgorning koʻp kvartirali uyni boshqarish uchun mavjud ishchi-xizmatchilari hamda moddiy-texnik bazasi toʻgʻrisidagi ma'lumotlar pasportining tasdiqlangan nusxasi; tasdiqlangan shtatlar jadvali; tegishli malaka sertifikat.
K.ISMOILOV,
Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.
Boshqa maqolalar
BOLALARGA NISBATAN OILAVIY (MAISHIY) ZOʻRAVONLIK SODIR
personmaftuna 08-02-25, 00:48Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ-978-son, 21.10.2024-y.) bilan ayrim qonun hujjatlarga oʻzgartirishlar va...
DAVLAT BYUDJETI MABLAG'LARI HISOBIDAN MOLIYALASHTIRILADIGAN
personmaftuna 15-05-24, 01:47Qarorga ko'ra, (https://t.me/huquqiyaxborot_lotin/7327) “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida: 2024-yil 1-iyuldan...
VAZIRLAR MAHKAMASINING 2021-YIL 23-AVGUSTDAGI 537-SON
personmaftuna 22-03-24, 00:25a) ushbu Nizomning 10-bandida ko’rsatilgan hujjatlar to’liq taqdim etilmaganda; b) taqdim etilgan hujjatlardagi...