Kuzatuvchi » Siyosiy » YURIDIK KADRLARNI TAYYORLASH TIZIMI TAKOMILLASHTIRILDI

YURIDIK KADRLARNI TAYYORLASH TIZIMI TAKOMILLASHTIRILDI

Huquqshunoslar har bir mamlakatning huquqiy salohiyatini ko‘rsatuvchi faoliyat egalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Malakali yuridik kadrlarga bo‘lgan ehtyoj kundan kunga oshib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi 80-sonli Farmoni qabul qilinganligi esa buning huquqiy asosidir. Farmonga muvofiq, maktablarda “Huquq sinfi” va huquq fanlari chuqurlashtirilgan holda o‘qitilishini tashkil etish orqali yuridik kadrlarni tayyorlashda “maktab — litsey — texnikum — universitet” tizimini joriy etish; Namangan va Samarqand viloyatlari yuridik texnikumlari negizida Toshkent davlat yuridik universitetining akademik litseylarini tashkil qilish hamda ularning iqtidorli bitiruvchilarini “yurisprudensiya” yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalariga suhbat asosida test sinovlarisiz qabul qilish joriy qilindi.

Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda ilmiy yondashuvlarni keng joriy etish maqsadida Toshkent davlat yuridik universiteti hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida: adliya organlari va muassasalari faoliyati, huquqiy xizmatlar ko‘rsatish, sud ekspertiza, arxiv ishi va ish yuritish sohalarini ilmiy-metodik va konsultativ jihatdan ta’minlash; aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish ishlari samaradorligini ilmiy tadqiq etish va tavsiyalar ishlab chiqish; huquqshunoslikning dolzarb masalalari bo‘yicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar olib borish; yuridik ta’lim va huquqiy xizmatlar ko‘rsatish sohalarini huquqiy texnologiyalarni qo‘llash orqali rivojlantirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish; loyihaviy yondashuv asosida adliya organlari va muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari va grantlar hisobidan hudud va sohalardagi huquqiy muammolarni joyiga chiqqan holda tadqiq qilish va takliflar tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

 

X.MADAMINOVA,

 

Yangibozor tumani fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limi mudirasi.



Boshqa maqolalar

JISMONIY SHAXSLAR TOMONIDAN NAQD VALYUTANI BOJXONADAN

personmaftuna 31-01-24, 04:25
0 JISMONIY SHAXSLAR TOMONIDAN NAQD VALYUTANI BOJXONADAN DEKLARATSIYASIZ OLIB O‘TISH MIQDORI OSHIRILDI

Vazirlar Mahkamasi qarori (443–son) bilan Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi....

“OILAVIY” OVOZ BERISH HOLLARINING OLDINI OLISH BOʻYICHA

personmaftuna 20-09-24, 07:08
0 “OILAVIY” OVOZ BERISH HOLLARINING OLDINI OLISH BOʻYICHA CHORALAR BELGILANDI

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2024-yil 4-sentyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun...

XODIMNI BOSHQA ISH BERUVCHIGA VAQTINCHA XIZMAT SAFARIGA

personmaftuna 16-12-24, 18:54
0 XODIMNI BOSHQA ISH BERUVCHIGA VAQTINCHA XIZMAT SAFARIGA YUBORISH

Xodimni boshqa ish beruvchiga vaqtincha xizmat safariga yuborish faqat uning yozma roziligi bilan 1 yildan ko‘p...

menu
menu