“2025–2027 yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (454-son, 24.12.2024-y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra, 2025-yil 1-yanvardan, byudjet tizimining byudjetlari hisobidan ob'ektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va ta'mirlash ishlari boʻyicha oʻtkazilgan davlat xaridlariga asosan qurilish muddati uch oydan kam boʻlgan ob'ektlarga birinchi oyda ob'ekt qiymatining 30 foizi miqdorida avans mablagʻlari ajratiladi, keyingi toʻlovlar belgilangan tartibda moliyalashtiriladi. 2026-yil 1-yanvargacha sinov tariqasida, loyiha-smeta hujjatlarining qiymati BHMning 6 ming baravaridan ortiq boʻlgan loyihalar (ob'ektlar) boʻyicha quyidagilar tomonidan ekspertizadan oʻtkaziladi: hajm, texnik va smeta qismi (narx qismidan tashqari) – “Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish respublika markazi” DM tomonidan; tovar, ish va xizmatlarning narx qismi –“Loyihalarni va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK tomonidan; BHMning 6 ming baravarigacha boʻlgan loyihalar (ob'ektlar) boʻyicha shaharsozlik hujjatlari “Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish respublika markazi” DM tomonidan.
T.DAVLETOV,
Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.