Qonunga koʻra, qoʻshimcha manbalardan daromad oluvchi byudjet tashkilotlari uchun belgilangan soliq stavkalarining amal qilishini 2027-yilning 1-yanvarigacha uzaytirilmoqda. Shuningdek, jami daromadning chegaraviy miqdorini 5 milliard soʻmdan 10 milliard soʻmga oshirish, ushbu daromad mavjud boʻlganda soliq toʻlovchilar har oylik boʻnak toʻlovlarini toʻliq chorak oʻtganidan keyin toʻlashini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda. Prezident yoki Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan beriladigan byudjet subsidiyalari jami daromad tarkibiga kiritilmasligini belgilovchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda. Bundan tashqari oʻz mablagʻlari hisobidan nodavlat umumiy oʻrta ta'lim tashkilotlarining binolarini qurish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarga nisbatan foyda soligʻi boʻyicha vaqtinchalik (2025-yil 1-yanvardan 2030-yil 1-yanvargacha) soliq imtiyozlari berilmoqda. Shuningdek, belgilangan roʻyxat boʻyicha protez moslamalari va ularning butlovchi, ehtiyot qismlarini Oʻzbekistonga olib kirish (2027-yil 1-yanvargacha) hamda Oʻzbekiston rezidentlari boʻlgan vagonlar (konteynerlar) operatorlarining temir yoʻl transportida tashish jarayonida vagonlarni (konteynerlarni) ijara shartlari asosida foydalanishga berish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish aylanmasi QQSni toʻlashdan vaqtinchalik (2024-yil 1-noyabrdan 2026-yil 1-yanvargacha) ozod qilinishi nazarda tutilmoqda.
K.ISMOILOV,
Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.