Kuzatuvchi » Siyosiy » ADVOKATLAR TOMONIDAN STATISTIK MA'LUMOTLARNI TAQDIM QILISH TARTIBI BELGILANDI

ADVOKATLAR TOMONIDAN STATISTIK MA'LUMOTLARNI TAQDIM QILISH TARTIBI BELGILANDI

“Advokatlik tuzilmalari tomonidan statistik ma'lumotlarni taqdim qilish tartibi toʻgʻrisidagi” nizom Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi (roʻyxat raqami 3588, 23.12.2024-y.)

Unga koʻra, faoliyat yuritayotgan advokatlik tuzilmalari tomonidan statistik ma'lumotlar har bir hisobot davri uchun taqdim etiladi.Advokatlik tuzilmasi rahbari tomonidan statistik ma'lumotlar “Yuridik yordam” axborot tizimi orqali advokatlik tuzilmasi joylashgan joydagi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasiga birinchi hisobot davri uchun 10 iyulgacha, ikkinchi hisobot davri uchun kelgusi yilning 10 yanvargacha taqdim etiladi.Advokat advokatlik tuzilmasidan chiqqan taqdirda, uning advokatlik tuzilmasidan chiqquniga qadar amalga oshirilgan faoliyatiga oid statistik ma'lumotlar taqdim etilishi kerak.Advokatlar palatasi hududiy boshqarmasi tomonidan ctatistik ma'lumotlar Tizim orqali avtomatik ravishda umumlashtiriladi va har bir hisobot davri yakunlangandan soʻng kelgusi oyning 15 sanasidan kechiktirmay Advokatlar palatasiga yuboriladi. 

T.DAVLETOV, 

Shovot tumani yuridik xizmat korsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

PREZIDENT TOMONIDAN IMZOLANGAN O‘RQ–887-SON BILAN FUQAROLIK

personmaftuna 19-11-24, 21:36
0 PREZIDENT TOMONIDAN IMZOLANGAN O‘RQ–887-SON BILAN FUQAROLIK PROTSESSUAL KODEKSIGA O‘ZGARTIRISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITILDI

Qonun bilan ishlarni viloyat sudlarida va ularga tenglashtirilgan sudlarda taftish tartibida ko‘rish bosqichi joriy...

ISH VAQTIDAN TASHQARI ISHLAR UCHUN KOMPENSATSIYA TOʻLASH

personmaftuna 29-09-24, 16:16
0 ISH VAQTIDAN TASHQARI ISHLAR UCHUN KOMPENSATSIYA TOʻLASH TARTIBI

Ish vaqtidan tashqari ishlar uchun kamida ikki hissa miqdorida haq toʻlanadi. Toʻlanadigan haqning aniq miqdori jamoa...

ЭНЕРГИЯ РЕСУРСЛАРИДАН НОҚОНУНИЙ ФОЙДАЛАНИШ ҲОЛАТЛАРИГА

personmaftuna 25-08-25, 02:47
0 ЭНЕРГИЯ РЕСУРСЛАРИДАН НОҚОНУНИЙ ФОЙДАЛАНИШ ҲОЛАТЛАРИГА ҚАРШИ КУРАШИШ СОҲАСИДА САМАРАЛИ ДАВЛАТ НАЗОРАТИ АМАЛГА ОШИРИЛАДИ

“Энергия ресурсларидан ноқонуний фойдаланиш ҳолатларига қарши курашиш соҳаси такомиллаштирилиши муносабати билан...

menu
menu