ISH VAQTIDAN TASHQARI ISHLAR UCHUN KOMPENSATSIYA TOʻLASH TARTIBI
Ish vaqtidan tashqari ishlar uchun kamida ikki hissa miqdorida haq toʻlanadi. Toʻlanadigan haqning aniq miqdori jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan boʻlsa, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki хodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib belgilanadi Ya’ni ichki tartibda ish vaqtidan tashqari ish uchun haq ikki hissa miqdorida belgilanishi mumkin.
Xodimning iltimosiga koʻra ish vaqtidan tashqari ishni boshqa dam olish kuni (otgul) berish orqali kompensatsiyalash mumkin. Mazkur holatda otgul ishlangan ish vaqtidan tashqari soatlarga mutanosib boʻlishi lozim. Ish vaqtidan tashqari ish otgul berilishi bilan kompensatsiya qilingan taqdirda, bir hissa miqdorida haq toʻlanadi.
Misol
Ish vaqtidan tashqari ish uchun otgul berilishi
Xodim bir oy davomida 24 soat ortiqcha ishladi. Korхonada 8 soatlik ish kuni bilan 5 kunlik ish haftasi belgilangan.
24 soat davomiyligi boʻyicha 3 ish kuniga (8х3 =24) toʻgʻri kelganligi sababli хodimga uning roziligi bilan qatorasiga 3 kun yoki boshqa kelishilgan istalgan vaqtga otgul taqdim qilish mumkin.
Amaldagi mehnat qonunchiligida otgulni хodim qaysi shaklda – ogʻzaki yoki yozma shaklda soʻrashi belgilanmagan. Ammo kelgusida хodim bilan nizoli vaziyatning oldini olish uchun yozma ariza olish maqsadga muvofiqdir.
Xodim otgulga qachon chiqishi mumkinligi haqidagi savol tomonlarning kelishuvi bilan hal qilinadi.
Tursunboy URAZBAYEV,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
ДАВЛАТ РЎЙХАТИДАН ЎТМАСДАН ТАДБИРКОРЛИК ҚИЛИШ ЖАВОБГАРЛИККА
personmaftuna 30-09-24, 16:08МЖтК нинг 176-моддасига кўра, тадбиркорлик фаолиятини давлат рўйхатидан ўтмасдан амалга ошириш — ҳуқуқбузарлик...
QISHLOQ XO'JALIGI VA OZIQ-OVQAT SOHASIDAGI ISLOHOTLAR
personmaftuna 24-07-24, 03:47“Qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat sohasidagi islohotlarni jadallashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar...
EKOLOGIYA VA ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH SOHALARI YANADA
personmaftuna 26-12-24, 12:58“Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohalarida ochiqlikni ta'minlash hamda boshqarish tizimini yanada...