Kuzatuvchi » Siyosiy » XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGI IMTIYOZLI KREDITLAR BILAN QOʻLLAB-QUVVATLANADI

XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGI IMTIYOZLI KREDITLAR BILAN QOʻLLAB-QUVVATLANADI

Prezidentning 07.03.2025-yildagi "Xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PQ-96-son qarori qabul qilindi.

Xotin-qizlarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish va ularning loyihalarini moliyalashtirishni kengaytirish maqsadida 2025-yilda хotin-qizlar loyihalarini qoʻllab-quvvatlash uchun qoʻshimcha ravishda 200 mln AQSh dollari yoʻnaltiriladi.

Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi yetti yil muddatga, Markaziy bankning asosiy yillik stavkasi boʻyicha jami 100 mln AQSh dollari ekvivalentida – shundan AT "Xalq banki"ga – 35 mln AQSh dollari, "Biznes rivojlanish banki" ATBga – 35 mln AQSh dollari va "Mikrokreditbank" ATBga – 30 mln AQSh dollari miqdorida kredit resurslarini ajratadi.

Tijorat banklari "Mahalla loyihasi" dasturi doirasida loyihalarni moliyalashtirish uchun tashqi moliya bozorlaridan 100 mln AQSh dollari ham jalb qilishlari kerak.

Hujjat bilan ayollar loyihalarini moliyalashtirish uchun kreditlar quyidagicha berilishi belgilangan:

  • "Biznesni rivojlantirish banki" ATBga ajratilgan mablagʻlar hisobidan, "Hamroh" ayollar-tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash dasturi doirasida belgilangan tartib va meхanizmlarga muvofiq;
  • AT "Xalq banki" va "Mikrokreditbank" ATBga ajratilgan mablagʻlar hisobidan, Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida belgilangan tartib va meхanizmlarga muvofiq.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

 

Boshqa maqolalar

ИТ ВА МУШУКЛАРНИ БОҚИШ ҚОИДАЛАРИНИ БУЗГАНЛИК УЧУН

personmaftuna 30-09-24, 06:12
0 ИТ ВА МУШУКЛАРНИ БОҚИШ ҚОИДАЛАРИНИ БУЗГАНЛИК УЧУН ЖАВОБГАРЛИК БОР!

Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодекснинг 110-моддасига асосан, ➖ шаҳарлар ва бошқа аҳоли пунктларида ит ва мушук...

ASOSIY STAVKA PASAYTIRILDI

personmaftuna 12-08-24, 23:42
0 ASOSIY STAVKA PASAYTIRILDI

2024-yil 25-iyulda Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani 0,5 foiz bandga pasaytirish va yillik 13,5% darajasida...

НОДАВЛАТ УМУМИЙ ЎРТА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТЛАРИ ТАРМОҒИ

personmaftuna 12-03-24, 02:06
0 НОДАВЛАТ УМУМИЙ ЎРТА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТЛАРИ ТАРМОҒИ КЕНГАЙТИРИЛАДИ

“Нодавлат умумий ўрта таълим ташкилотлари тармоғини кенгайтириш ва ушбу жараёнга тадбиркорлик субъектларини жалб қилиш...

menu
menu