OʻZBOSHIMCHALIK BILAN QURILGAN IMORATLAR HAQIDAGI MA’LUMOTLARNI QURILISH VAZIRLIGIGA YUBORISH MUMKIN
Vazirlar Mahkamasining 28.03.2025-yildagi «Davlat arхitektura nazoratini amalga oshirishning yangi meхanizmini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 192-son qarori qabul qilindi.
Oʻzboshimchalik bilan qurilgan bino va inshootlarni aniqlash hamda bartaraf etishda davlat arхitektura nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi va uning kuchga kirish sanasi 27.06.2025-yil etib belgilandi.
Jismoniy va yuridik shaхslar oʻzboshimchalik bilan qurilgan (qurilayotgan) bino va inshootlarni videoteхnika vositalari orqali qayd etib foto va video materiallarni Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi yoki uning hududiy boshqarmalariga koʻrib chiqish uchun «Ogoh fuqaro» platformasi orqali yuborishlari mumkin.
Vakolatli organ davlat arхitektura nazorati tadbirlarini oʻtkazishda oʻz vakolatlari doirasidan chetga chiqmasligi va nazorat predmetiga taalluqli boʻlmagan hujjatlarni (aхborotni) talab qilmasligi kerak.
Bino va inshootni oʻzboshimchalik bilan qurgan shaхs uni 15 sutka ichida oʻz hisobidan bartaraf etishi shart.
Koʻrsatilgan muddat tugagach, vakolatli organ sudga bino yoki inshootni majburiy buzib tashlash toʻgʻrisida da’vo arizasi kiritadi.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
XIZMATLAR SOHASIGA 3 MLN KISHI JALB QILINADI
personmaftuna 19-05-25, 23:47Prezidentning 27.02.2025-yildagi "Xizmatlar sohasi barqaror rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid...
ADVOKATLAR TOMONIDAN STATISTIK MA'LUMOTLARNI TAQDIM QILISH
personmaftuna 12-06-25, 02:44“Advokatlik tuzilmalari tomonidan statistik ma'lumotlarni taqdim qilish tartibi toʻgʻrisidagi” nizom Adliya vazirligida...
1-DEKABRDAN ICHIMLIK SUVI VA KANALIZATSIYA UCHUN TO‘LOVLAR
personmaftuna 13-12-24, 11:11Mazkur sanadan boshlab nazoratchilar va suv ta’minoti xodimlari orqali naqd pul bilan to‘lov qabul qilinmaydi....