1-DEKABRDAN ICHIMLIK SUVI VA KANALIZATSIYA UCHUN TO‘LOVLAR FAQAT ONLAYN AMALGA OSHIRILADI
Mazkur sanadan boshlab nazoratchilar va suv ta’minoti xodimlari orqali naqd pul bilan to‘lov qabul qilinmaydi.
1-dekabrdan O‘zbekistonda suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlari uchun to‘lovlar faqat elektron shaklda qabul qilinadi. Bu haqda “O‘zsuvta’minot” matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, mazkur chora suv ta’minoti sohasida shaffoflikni ta’minlash va korrupsiya holatlariga qarshi kurashishga qaratilgan.
Endilikda mazkur sanadan boshlab nazoratchilar va suv ta’minoti xodimlari orqali naqd pul bilan to‘lov qabul qilinmaydi.
Fuqarolar o‘zlari uchun qulay bo‘lgan to‘lov usullarini tanlashlari mumkin:
“O‘zsuvta’minot” saytidashaxsiy kabinet;
Telegram-bot;
elektron to‘lov xizmatlari (Click, Paynet, Alif Mobi, Payme, Oson, Uzum Bank);
infokioskalar, tijorat banklarining kassalari, pochta bo‘limlari.
Xabarda ta’kidlanishicha, so‘nggi vaqtlarda sohada korrupsiya holatlari aniqlangan. Masalan, Sirdaryo viloyatidagi inspektor 36 nafar jismoniy va yuridik shaxsning ishonchiga kirib, davlat kompaniyasi va fuqarolarning hisob raqamlariga o‘tkazmasdan 52 mln so‘mni o‘zlashtirib olgan.
Bundan tashqari, “Xorazm suv ta’minoti” kompaniyasining 5 ta tuman filiallari mas’ullari tomonidan iste’molchilar tomonidan to‘langan 380 mln so‘m mablag‘lar bank hisob raqamlariga o‘tkazilmasdan o‘zlashtirilgani aniqlangan. Ikkala holat bo‘yicha ham jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
ЭЛЕКТРОН ЙЎЛ ВАРАҚАЛАРИНИ ҲИСОБГА ОЛИШ ТИЗИМИ ҚАНДАЙ ИШЛАЙДИ
personmaftuna 22-02-24, 06:311 апрель куни Ўзбекистонда йўловчи ва юк ташишни ҳисобга олиш бўйича рақамли ҳужжат айланишининг олти ойлик...
TEGISHLI MA’LUMOTGA EGA SHAXSLAR AHOLIGA PSIXOLOGIK YORDAM
personmaftuna 10-12-24, 10:52“Aholiga psixologik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ-989-son, 05.11.2024 - y.) qabul qilindi. Qonun aholiga...
O‘ZBEKISTONDA FUQAROLAR SAQLASHI TAQIQLANGAN YOVVOYI
personmaftuna 10-12-24, 09:49Vazirlar Mahkamasi qarori bilan fuqarolar saqlashi taqiqlangan yovvoyi hayvonlar ro‘yxati tasdiqlandi. Ro‘yxatga...