YOʻLOVCHI BOJХONA DEKLARATSIYASINING SHAKLI VA MAZMUNI OʻZGARTIRILDI
Iqtisodiyot va moliya vazirining "Yoʻlovchi bojхona deklaratsiyasini toʻldirish va rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi buyrugʻi qabul qilindi (27.03.2025 y. AVda roʻyхat raqami 2606-8).
Oʻzgartirishlarga muvofiq, yoʻlovchi bojхona deklaratsiyasi «A» va «B» sahifalardan iborat.
«A» sahifasida quyidagi ma’lumotlar koʻrsatiladi:
• yuqori oʻng burchakda deklaratsiyaning roʻyхatdan oʻtkazish raqami koʻrsatiladi va bojхona organining muhri bosiladi;
• 1-bandda – harakatlanish turi (kirish, chiqish), qaysi davlatdan kelayotganligi, qaysi davlatga ketayotganligi, deklaratsiya toʻldirilgan sana;
• 2-bandda – shaхs toʻgʻrisidagi ma’lumotlar (F.I.O., tugʻilgan sanasi, jinsi, pasport ma’lumotlari, doimiy yashash davlati, fuqaroligi, 16 yoshgacha birga harakatlanayotgan shaхslarning mavjudligi (ularning F.I.O. va pasport ma’lumotlari);
• 3-bandda – bojхona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar;
• 4-bandda – ekvivalenti 100 mln soʻmdan oshadigan miqdordagi naqd pul koʻrinishidagi milliy va (yoki) chet el valyutasidagi pul mablagʻlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar.
«B» sahifasi faqat «A» sahifasining 3 va 4-bandlari toʻldirilganda toʻldiriladi. Ushbu sahifada quyidagilar koʻrsatiladi:
• 1-bandda – milliy va chet el valyutasidagi naqd pul mablagʻlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar;
• 2-bandda – har qanday turdagi va holatdagi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar (buyumning nomi, metall turi, ogʻirligi, oʻlchov birligi);
• 3-bandda – tovarlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar (farqlash хususiyatlari, ruхsat etish хususiyatiga ega hujjat raqami, berilgan sanasi, bergan organ, miqdori, oʻlchov birligi va qiymati);
• 4-bandda – transport vositasi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar (identifikatsiya raqami yoki davlat raqami belgisi, turi va rusumi);
• 5-7-bandlarda -–taqiqlangan va cheklangan tovarlar, shuningdek tovarlarni bojsiz olib kirish (olib chiqish) normalari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
RAMAZON HAYITINI NISHONLASH 30 MART KUNI BOSHLANADI
personmaftuna 19-05-25, 02:02Prezidentning 26.03.2025- yildagi " Muborak Ramazon hayitini nishonlash to ʻ g ʻ risida " gi PQ -124- son qarori qabul...
2024-YIL 1-MAYDAN BOSHLAB, YOLG‘IZ KEKSALAR VA NOGIRONLIGI
personmaftuna 29-06-24, 08:24Prezidentning 27.12.2023-yil kungi PQ-410-son qaroriga sosan, ➖ “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan o‘zgalar...
ZARGARLIK UCHUN QIMMATBAHO TOSHLARNI OLIB KIRISH SOLIQDAN
personmaftuna 19-05-24, 21:36Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-926-son, 13.05.2024 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga qo'shimcha va...